So’nggi yangiliklar

17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  0 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  2 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  4 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  0 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  8 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  3 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  2 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   3 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  4 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  3

"Hech kim bu raqam bilan aloqa qilishni istamaydi". "CHelsi"dagi to'qqizinchi raqam lanati Yangiliklar

"CHelsi" yozda to'qqizinchi raqamdan xalos bo'ldi: Romelu Lukaku muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng (44ta o'yinda 15ta gol) "Inter"ga o'tishni so'radi. Ammo, bo'sh raqamni olishga hech kim shoshilmadi – buning sababini esa Tomas Tuxel tushuntirdi.

"Odamlar menga to'qqizinchi raqamda lanat bor deyishadi. Biz yangi keladigan qandaydir o'yinchi uchun raqamni ushlab turmaymiz, lekin to'qqizinchi raqamga talab bo'lgani yo'q. O'yinchilar bazida raqamlarini almashtirishni xohlashadi, ammo ajablanarlisi, hech kim ushbu raqamni olishni xohlamadi.

Klubda mendan ko'p ishlayotganlarning barchasi "mana bu o'yinchida to'qqiz edi va u gol urmadi" deyishadi. SHu sabab biz bu raqam bilan hech kim aloqa qilishni istamaydigan vaziyatga duch keldik".



To'qqiz bilan Per-Emerik Obameyang tavakkal qildi, Tuxel esa forvardning jasorati haqida gapirdi.

"Agar u #9ni olish uchun etarli darajada jasur bo'lsa, unda o'sha raqamni oladi. U o'tmishdan va bu raqam nimani anglatishidan qo'rqmaydi. Per-Emerik o'z tarixini yozishga tayyor. Auba chaqiriqlardan mamnun".

Ammo, "Barselona" (13ta gol)dagi ajoyib mavsumdan so'ng gabonlik Angliyada atigi 3ta gol urdi. Lanat haqida gapirish payti keldi. Hammasi shunchalik yomonmi? O'zingiz ko'ring − "CHelsi"dagi so'nggi yaxshi to'qqizlik ketma-ket ikki mavsum 25+ gollar urgan Jimmi Floyd Xasselbaynk bo'lgan.



Klub Xasselbaynkdan so'ng muntazam ravishda to'qqizliklarga pul sarflamoqda: 2004 yildan beri 315,5 mln evro, eng yaxshisi esa tekin Temmi Abraxam bo'lgan. Pastroqda barcha to'qqizinchi raqam egalarining statistikalarini ko'rishingiz mumkin.


Muhim tushuntirish: statistik malumotlar faqatgina to'qqizinchi raqamga bog'liq holda hisoblangan. Ernan Krespo 21-raqamda ham o'ynagan (2003/04 yilgi mavsum), Lukaku "CHelsi"da 18-raqamda boshlagan, Morata esa 2018 yilning yozida raqamini egizaklari tug'ilishiga atab 29ga o'zgartirgan.



• Faqatgina Drogbaning o'zi ko'proq gol urgan: 381ta o'yinda 164ta gol.

• Xasselbaynk (2000/01 yilgi mavsum)dan so'ng "CHelsi" o'yinchilari 3 bor APL "Oltin butsa"sini olishgan − ular orasida to'qqizinchi raqamli o'yinchi yo'q edi. "CHelsi" tarixidagi eng yaxshi to'purar (Frenk Lempard) 8-raqam ostida o'ynagan.

• O'rtacha eng yaxshi samaradorlik Temmi Abraxamga tegishli − o'yinda 0,37ta gol.

• 2002 yildan beri bir marta "CHelsi"dagi to'qqizinchi raqam 20tadan ortiq gol urgan − Fernando Torres (2012/13). U buni qaysi turnirlarda qilganini aytish kerak.



• O'rtacha 3ta o'yinda bitta gol.

• Fernando CHLda "Nordshelland" va "SHaxtyor" (Ukraina) (guruhda shuningdek "Yuventus" ham bor edi)ga gol urgan.

• APLda klassik "katta oltilik" vakillariga faqatgina bitta gol − "Arsenal"ga.


***


Katta ehtimol bilan Obameyangda ham lanatni to'xtatish imkoniyati yo'q. Pol Merson Sky Sports uchun ruknda "Obameyang "Man Siti"ga qarshi ilk o'yinidayoq zaxiradan maydonga tushib, qaytib o'yindan olindi va u endilikda jamoadan ketadi deb o'ylayman. 30 yoshdan katta o'yinchini qayta zaxiraga olsangiz, bu ehtimol tugash deganidir" deb yozdi.



Obameyangning yanvardayoq "Barselona"ga qaytishni xohlayotgani haqida mish-mishlar yangramoqda: gabonlik "CHelsi"da baxtli emas va Xavi qo'l ostida yorqinroq o'ynashi mumkin. Fabricio Romanodek jurnalistlarning insaydlariga qaramay, qishda Ispaniyaga qaytishga imkoniyat yo'q.

Forvard barcha musobaqalarda 15ta o'yinda 2,8 xG'ni qayd etdi. Hozirgi "CHelsi"da qayta uyg'onishda istiqblol yo'qdek go'yo.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика