So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  2 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   4 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  20 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  27 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   42 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

"CHelsi" Feliksni ijaraga oldi – u "Atletiko"ga 127 millionga tushdi, ammo asosiy yulduz bo'lmadi (mutolaa uchun) Yangiliklar

"CHelsi" Feliksni ijaraga oldi – u "Atletiko"ga 127 millionga tushdi, ammo asosiy yulduz bo'lmadi (mutolaa uchun)

"Unda iqtidor bor, ammo xarakterini o'zgartirishi kerak".


Joau Feliks – "CHelsi"ning qishdagi to'rtinchi yangi o'yinchisi. Va ular orasida eng yuqori darajali o'yinchi. Mavsum so'nggiga qadar ijara esa 11 million evroga tushdi. "CHelsi" portugaliyalikning 6 million evro maoshini ham to'laydi. Insayder Fabricio Romano angliyaliklarda xarid qilish huquqi yo'qligini xabar qildi.

Feliks bundan oldin "Atletiko" bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirdi – bu klubga amortizaciyani biroz kamaytirishga yordam beradi.


"CHelsi" oldin ham qishda kutilmagan transferlarni amalga oshirgan, ammo Iguain, Kuarejma va Pato o'ynab keta olishmagan


"CHelsi"da qishda o'zgacha futbolchilarni ijaraga olish bo'yicha tajriba bor.

• 2009 yilning fevralida Rikardu Kuarejma ijaraga olindi, "Inter"da uning Mourinyu qo'l ostida holati yaxshi emasdi va APLda o'zini ko'rsatishni xohladi. "CHelsi"da o'shanda u bilan Portugaliya terma jamoasi orqali tanish bo'lgan Luis Felipe Skolari ishlardi. Kuarejma nihoyat Joze davrida yo'qotgan ishonchini qayta tiklaganini aytdi.



Ammo, keyinroq "CHelsi"ga Gus Xiddink keldi va yakunda Kuarejma faqatgina 5ta o'yinda maydonga tushdi va "Inter"ga qaytdi.

• 2016 yilning yanvarida Aleshandre Pato "CHelsi"ga keldi. "Haligacha tushunmayman. Mashg'ulotlarda astoydil ishladim, ammo murabbiy mendan atigi ikkita o'yinda foydalandi. "CHelsi" men bilan so'ngra xarid qilish va uch yillik shartnoma taklif qilish uchun olti oylik ijara shartnomasi imzolaydi deb o'yladim, ammo barchasi aksincha bo'ldi. Agar barchasi shunday bo'lishini bilganimda, boshqa variantni tanlardim", – deb xafa holda gapirdi Pato Player's Tribune ruknida.


Yakunda esa uning faoliyatida "CHelsi" safida bittagina gol urildi. Penaltidan.



• 2019 yilning boshida Gonsalo Iguain bilan shartnoma imzolashdi, uni Mauricio Sarri juda ham kutgandi. Ular "Napoli"da atigi bir mavsum ishlashgan, ammo bu argentinalik forvard uchun faoliyatidagi eng yaxshisi bo'lgandi: Iguain o'shanda A Seriyadagi 35ta o'yinda 36ta gol urgan va chempionat rekordini o'rnatgandi. Bu tasodif emas – Sarri rostdan ham argentinalikka juda katta yordam bergan, jumladan uni tushungan, dangasa bo'lishga yo'l qo'ymagan va ozishga majbur qilgan.



Iguain "CHelsi" safida 18ta o'yinda harakat qildi va beshta gol urdi ("Xaddersfild"ga ikki bor, "Byornli", "Fulxem" va "Uotford" darvozalariga gollar). Gonsalo Turinga EL g'oliblik medali bilan qaytdi, u yarim final doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi javob o'yinida 25 daqiqa harakat qilgan.


Feliks "Atletiko" safida anchagina gol urdi, ammo bazida zaxiraga o'tkazildi – shu sabab mashg'ulot libosini maydonga tashladi


"Atletiko" Feliks uchun 127 million evro sarfladi, ammo 3,5 yil ichida klubning asosiy yulduziga aylanmadi. Simeone hujumchini bazida zaxira o'rindig'iga o'tkazdi va Feliks bundan norozi bo'ldi.



Bunday voqea 2022 yilning oktyabrida sodir bo'ldi: Joau "Bryugge" (0:0)ga qarshi CHempionlar ligasi doirasidagi butun o'yinda zaxirada o'tirdi va jahli chiqib, mashg'ulot libosini maydonga tashladi. Bu Simeone so'nggi o'zgarishni amalga oshirganda ro'y berdi. "Hech narsani ko'rmadim, bu borada hech narsa deya olmayman", – dedi murabbiy o'yindan so'ng.

"Unda iqtidor bor, ammo xarakterini o'zgartirishi kerak. U o'zini asosiy tarkibda ko'rmagan payt, norozi bo'lgan holda, burni ko'tarilib ketadi. Jamoa etakchisi emasligini ko'rgan holda, shunday maqomga erishish uchun olg'a qadam tashlamadi", – deb Feliksni tarifladi Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Santyago Kanisares.

Biroq, portugaliyalik shu bilan birga yaxshi golli ballarni jamg'ardi – Feliks 2021/22 yilgi mavsumdan boshlab La Ligada gol yoki assist uchun atigi 101 daqiqa sarfladi. Oldinda faqatgina Usmon Dembele (100 daqiqada samarali harakat) va Karim Benzema (71) bor.



Joau "Atletiko" safida jami 131ta o'yin o'tkazdi, unda 34ta gol va 18ta assist qayd etishga erishdi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика