Kanchelskis: "Vaqtida shifoxonaga murojaat qilgan ekanman"
06 sen 2020 10:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590806_original.jpg)
![](/upload/storage/590806_220.jpg)
Kanchelskis: "Vaqtida shifoxonaga murojaat qilgan ekanman"
"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'zining holati haqida gapirdi.
"Tekshiruvlar natijasida o'pkaning 20 foizi zararlangani aniqlandi. Holatim o'rtacha, biroq shifokorlar kasallikni davolashning imkoni borligini aytishdi. Asosiysi - vaqtida shifoxonaga murojaat qilgan ekanman. SHifoxonadan odam chaqirishning o'zi bo'lmadi. Yaxshiki, do'stlarim, tanishlarim menga katta yordam berishdi.
Hozir barcha muolajalarni qabul qilyapman, ukol, osma tomchi dorilar, hammasi reja asosida ketmoqda. SHifokorlar holatga qarab, taxlillarning javobiga ko'ra, nimalar bo'layotganini aytishadi. Bunga yana 3-4 kun bor", - dedi Kanchelskis.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar