Kanchelskis APL tarixidagi eng yaxshi rossiyalik legioner, Arshavin esa ikkinchi
15 apr 2020 19:45
Yangiliklar
Kanchelskis APL tarixidagi eng yaxshi rossiyalik legioner, Arshavin esa ikkinchi
Qatarning beIN Sports telekanali Angliya chempionatida o'ynagan eng yaxshi rossiyalik futbolchilar beshligini aniqladi.
Unga ko'ra, birinchi o'rin “Manchester Yunayted” sobiq azosi va hozirda “Navbahor” murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Andrey Kanchelskisga nasib etdi. 51 yoshli sobiq xavbek “Everton”, “Manchester Siti” hamda “Sautgempton” kabi klublar sharafini ham himoya qilgan. Undan keyingi pog'onaga “Arsenal”da yorqin o'yin ko'rsatgan Andrey Arshavin qo'yildi. Kuchli uchlikka esa Aleksey Smertin yakun yasadi.
1. Andrey Kanchelskis (“Manchester Yunayted”, “Everton”, “Manchester Siti”, “Sautgempton”)
2. Andrey Arshavin (“Arsenal”)
3. Aleksey Smertin (“CHelsi”, “Portsmut”, “CHarlton”, “Fulxem”)
4. Roman Pavlyuchenko (“Tottenxem”)
5. Yuriy Jirkov (“CHelsi”)
Fikrlar