So’nggi yangiliklar

09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  13 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  3 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  3 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  15 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2

Kanada terma jamoasi boykot elon qildi. Nega? Yangiliklar

Kanada terma jamoasi boykot elon qildi. Nega?

5 iyun kuni Kanada termasi Panama bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi kerak edi, ammo boykot tufayli uchrashuv bekor qilindi.

SHuningdek, kanadalik futbolchilar 3 va 4 iyun kungi mashg'ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortishgan (ular orasida Alfonso Devis va "Lill" hujumchisi Jonatan Devid ham bo'lgan). 

Terma jamoaning mundialga tayyorgarlik jarayoni ko'ngildagidek ketmayapti. Avvaliga Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi so'nggi lahzada bekor qilindi. Bu siyosiy qarash sabab yuzaga keldi. Xususan, 2020 yilning yanvarida Tehron yaqinida samolyot urib tushirilgani, unda 50 dan ortiq Kanada fuqarosi vafot etgani yodga olindi. 

Nima sababdan boykot elon qilindi?

Mashg'ulotlar va o'yinni boykot qilish Kanada futbol federaciyasi bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabablidir. Ommaviy axborot vositalarida elon qilingan bayonotda futbolchilar rasmiylarni muzokaralarni cho'zayotganlikda va muloqot qilishni istamaslikda ayblamoqda.

"2021 va 2022 yillarda ayollar va erkaklar terma jamoalari misli ko'rilmagan muvaffaqiyatlarga erishishganiga qaramay, biz hech qanday o'zgarishlarni ko'rmadik. Taraqqiyot qaerda? Pullar qaerda?", – deb murojaat qilgan futbolchilar. 

Asosiy talablar quyidagilar:

• Jahon chempionatiga chiqqanlik uchun 40 foizlik mukofot puli. Bu taxminan 3,6 million dollar – milliy futbol federaciyasining saralash bosqichi uchun kamida 9 million to'lash kerak. Bu summa jamoaning turnirdagi muvaffaqiyatiga qarab oshishi mumkin.

"Biz so'ragan narsa adolatli. Bizga boshqacha munosabatda bo'lishlarini istamaymiz, shunchaki bizni hurmat qilishlarini va o'z manfaatlari yo'lida foydalanmasliklarini hamda ulushimizni olishni istaymiz", – deya fikr bildirgan terma jamoa yarim himoyachisi Jonatan Osorio.

• O'yinchilar bilan birga sayohat qiladigan do'stlar va oila azolari uchun sayohat paketi;

• Erkaklar va ayollar jamoalari uchun teng moliyaviy shart-sharoitlar: o'yinlar uchun teng kompensaciya, bo'lajak jahon chempionatlarida mukofot pullarining teng taqsimlanishi;

SHu bilan birga, erkaklar va ayollar o'rtasidagi jahon chempionatlarining mukofot pullari sezilarli darajada farqlanadi. Masalan, Qatardagi mundialning umumiy fondi – 440 million dollar. 2023 yilda Avstraliyada bo'lib o'tadigan ayollar turniriniki esa 60 mln dollarni tashkil qiladi.

Kanada ayollar terma jamoasi ayni vaqtda jahon reytingida 6-o'rinni egallab turibdi. O'tgan yili jamoa futbol bo'yicha Olimpiya o'yinlarida g'olib chiqdi.

AQSHda hamma narsa qanday tartibga solingan? 

Kanadaliklar qo'shni davlatdagi vaziyatni kuzatib, undan namuna olishni istashmoqda: Jumladan, may oyida AQSH erkaklar va ayollar terma jamoalari uyushmalari jahon chempionatlari mukofot pullarini teng taqsimlashni nazarda tutuvchi kelishuvni elon qildi.

SHuningdek, AQSH erkaklar va ayollar jamoalari ichki sharoitda tenglashtirildi: mehmonxonada yashash, xodimlarning ishlashi, mashg'ulotlar o'tkazish uchun barcha sharoitlar teng taqsimlandi.

Ammo asosiy g'alaba teng maosh va 22 million dollar miqdoridagi oldingi qonunbuzarliklar uchun umumiy kompensaciya bo'yicha kelishuv bo'ldi. Amerikaliklar 6 yildan beri mazkur holatni tenglashtirish uchun kurashib keldi. Kanada esa vaziyat bunchalik cho'zilishini istamaydi.

SHuningdek, Angliya, Braziliya, Avstraliya, Norvegiya va Yangi Zelandiyada ayollar va erkaklar jamoalariga bir xil to'lashadi. 2021 yilning yozida bunday tashabbus Irlandiyada ham qabul qilindi.

Kanadada mojaro qancha vaqtdan beri davom etmoqda?

Kanada rasmiylari butun bahor davomida passiv bo'lishdi, shuning uchun sportchilar hal qiluvchi harakatga kirishdilar.

"Mart oyida biz Futbol federaciyasi bilan shartnoma bo'yicha muzokaralar boshlagan edik. Rahbarlar tatilga chiqqani bois muzokaralar asossiz ravishda cho'zilib ketdi. Federaciya eskirgan taklifni kiritish uchun 2 iyunni kutdi. Bosh kotib va prezident birinchi marta 4 iyun kuni taklifni o'rtaga tashladi. SHu munosabat bilan biz Panamaga qarshi bugungi o'yinni o'tkazmaslikka qaror qildik", – deyiladi terma jamoa bayonotida.

Futbolchilar darhol pul mukofotining 75-100 foizini talab qilishganmi?

Kanadaning TSN sport telekanali federaciya dastlab futbolchilarga JCH-2022 uchun mukofot pulining 10 foizini taklif qilgani haqida xabar berdi. Keyinchalik federaciya bayonot bilan chiqib, buni rad etdi. 

"Hech qachon 10% taklif bo'lmagan. Erkaklar terma jamoasi tomonidan ham 40 foiz miqdordagi taklif kelib tushmadi. Ular mukofotning 75-100 foizini talab qilishdi".

Federaciya teng haq to'lash tamoyiliga amal qilgan holda mukofot pulining 60 foizini ikki terma jamoa o'rtasida (yani erkaklar va ayollar uchun 30 foizdan), 40 foizini esa federaciyaga ajratishni taklif qildi".

Hammasi qachon hal bo'ladi?

9 iyun kuni Kanadani Kyurasao terma jamoasiga qarshi o'yin kutmoqda. 13 iyun kuni Gondurasga safar qilinadi. Har ikki uchrashuv KONKAKAF Millatlar Ligasi doirasida o'tkaziladi.

"The Atletic" jurnalisti Joshua Klokning fikricha, futbolchilar va federaciya o'rtasidagi muzokaralar bir zumda hal etilmaydi.

"Futbolchilar o'z talablarida qatiy turib oldilar va bu to'g'ri. Bu muammo darhol hal qilinadi, deb taxmin qilishga hech qanday asosni ko'rmayapman. Futbolchilar federaciya shaffof bo'lishini istashmoqda", – deb yozdi jurnalist.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика