So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

"Kamroq Ronaldu, ko'proq Portugaliya". Krishtianu JCH-2022da yulduzli bannerda bo'lmaydi - yana kimdir uni maydonda ham ko'rishni xohlamaydi Yangiliklar

"Kamroq Ronaldu, ko'proq Portugaliya". Krishtianu JCH-2022da yulduzli bannerda bo'lmaydi - yana kimdir uni maydonda ham ko'rishni xohlamaydi

Opa doimgidek uning yonini oladi.

Portugaliya terma jamoasi yangi qahramonlarni topgan ko'rinadi: Krishtianuni hatto JCH-2022 yulduzlari qo'yiladigan posterga ham qo'yishni rejalashtirishmayapti.


Posterlar Doxaning osmono'par binolariga qo'yiladi — u erda har bir terma jamoadan bir nafardan o'yinchi bo'ladi (ular jami 32ta). ESPN'ning xabar berishicha, Ronaldu "Manchester Yunayted"dagi mavqeini yo'qotgani uchun, bu ro'yxatga kiritilmaydi. Krishning o'rnini MYUdagi sherigi Brunu Fernandesh yoki "Liverpul" yarim himoyachisi Diogu Jota egallashi mumkin.


"Kamroq Ronaldu, ko'proq Portugaliya". Ayrimlar uning umuman JCH-2022ga borishiga qarshi


So'nggi vaqtlar Ronalduning ishi umuman yurishmayapti — nafaqat MYUda, balki terma jamoada ham. U ispanlar (0:1)ga qarshi Millatlar ligasi o'yinida 90 daqiqa muvaffaqiyatsiz o'tkazdi, so'ngra yana sardorlik bog'ichini maydonga uloqtirdi.



U huddi shunday ishni o'tgan yilning martida ham qilgan — o'shanda Serbiya (2:2)ga qarshi JCH-2022 saralashidagi o'yin davomida bog'ichni tashlagan. Hakamlarning golni hisoblamaslik qarori Ronni g'azablantirgan.


Ispaniya bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng Portugaliya OAV hatto Krishtianuni JCH-2022ga olmaslikka chaqirishdi. Masalan, A Bola gazetasi "Kamroq Ronaldu, ko'proq Porugaliya" nomi ostida chiqdi.



Muxlislar va ekspertlar esa bitta g'oyani bildirishdi: Krishtianu ortiq jamoaga kerak emas.


• "Ronaldu oldingi kuchini yo'qotgan, uning yoshi hisobga olinsa, bu normal holat, — deb tan oldin Ronalduning muxlislar sahifalaridan biri. — Biz shunchaki uning oldingidek emasligini tan olishimiz kerak". 


• "Hali ham Krishtianu Ronalduning nega Portugaliya terma jamoasi asosiy tarkibida tushayotgani bo'yicha hech qanday aniq sabab yo'q. — deb yozdi jurnalist Zak Loui. — Rafael Leau, Pedru Netu, Joau Feliks va boshqa ko'plab iqtidorli o'yinlar o'z imkoniyatlarini kutishayotganida bu ro'y berishi mumkin emas. Ronaldu Ispaniyaga qarshi o'yinda yana yomon o'ynadi".


• U barchasini yutgan, u fenomen. Ammo, hozir ketish vaqti keldi", — deya fikrini bildirdi Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Antonio Kassano.



"Portugallar o'zlarining likopchalariga tupurishmoqda". Yaxshiyamki, Krishning yonida uni himoya qiladigan opasi bor


Futbolchining opasi Kate Aveyru yana uning yonini olishiga to'g'ri keldi — u muxlislarni kamsitib, ukasini qirol deb atadi


"Portugaliyaga doim yordam beradiganlarga yordam qo'lini cho'zish kerak. Ammo, portugallar — kasal, mayda, ruhsiz, ahmoq va noshukur odamlar.


Yigit maysada o'tirgan holda, xafa bo'ldi. Uni qo'llab-quvvatlaydigan hech kim yo'q. Bu shafqatsizlik. Yigitning ismi Krishtianu Ronaldu va u atigi olamdagi eng yaxshi futbolchi", — deya Aveyrani so'zlarini keltirdi "nomalum muallif".


"Bu fikrga qo'shilaman. Men faqat bir narsani o'zgartirgan bo'lardim. Uning yonida oilasi va mehribon odamlar bor. Nima bo'lgan taqdirda ham, ular doim yonida bo'lishadi. Ammo, hozir bo'layotgan narsalardan hayron emasman. Portugallar o'z likopchalariga tupuradilar va doim shunday bo'lgan. SHu bois, kimdir yo'q joydan ko'tarilib, boshqalarning ruhiyatini o'zgartirsa, ular tashvishlanadilar.


Doim sen bilan birga bo'laman, qirolim. Xotirjam bo'l", — deb yozdi ayol ijtimoiy tarmoqda.



Erik ten Xag ham Krishtianuni qo'llab-quvvatlamoqda — kamroq bo'lsa ham.


"Agar kimdir buni engib o'tishi kerak bo'lsa, bu Krishtianu Ronaldu, sababi butun faoliyati davomida uni butun dunyo diqqat bilan kuzatadi. Unda doim katta umidlar bo'lgan. Ronalduning terma jamoaga qaytishiga ishonchim komil. U butun faoliyati davomida gollar urgan va ushbu yili ham shuni qilmoqda. Keyinroq barcha jim bo'ladi deb o'ylayman", — deydi MYU murabbiyi.


MYUda ham barchasi yomon: Ronni "Siti"ga qarshi o'yinda hatto tushirishmadi — "katta faoliyatga hurmat" tufayli


Ten Xagning o'zi ham Ronalduni tez-tez zaxiraga o'tkazadi. "Man Siti" (3:6)ga qarshi yakshanba kungi muvaffaqiyatsizlik umuman Krishsiz o'tdi — u mavsumdagi ilk bor butun o'yinni zaxiradan kuzatdi. Portugaliyalikni nega hatto ikkinchi taymda tushirishmadi?


"Men buni Krishtianuga, uning katta faoliyatiga hurmat sabab qildim. Yana bir foydali jihati — Marsyalni tushira oldim, sabab unga daqiqalar kerak. Ammo, bu vaziyatni bunday tarzda ifodalamoqchi emasman", — deb tushuntirdi Ten Xag o'yindan so'ng.


Ronaldu niderlandiyalik qo'l ostida atigi uch bor ilk daqiqalardan tushirildi — "Real Sosedad" (0:1) va "SHerif" (2:0) bilan Evropa Ligasi o'yinlarida, shuningdek "Brentford" (0:4)ga qarshi APL bahsida. Ronaldu qolgan 5ta o'yinni zaxiradan boshladi, ammo ikkinchi taymda maydonga chiqdi. Portugaliya termasida esa mavsumdagi 2ta o'yinni asosiy tarkibda boshladi.


Portugaliyalik bu vaqt davomida atigi "SHerif"ga gol urdi va chexlarga qarshi o'yinda assist qayd etdi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика