So’nggi yangiliklar

19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  0 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  23 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  3 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  15 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5

Kamoliddin Murzoev: "Jasur Hasanov nafaqat o'zimizning futbolchilarimizga, balki raqib jamoa azolariga ham master-klass ko'rsatib bermoqda" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Jasur Hasanov nafaqat o'zimizning futbolchilarimizga, balki raqib jamoa azolariga ham master-klass ko'rsatib bermoqda"

Biroz oldin OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalidan o'rin olgan "Xo'jand" – "So'g'diyona" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Biz uchrashuvni bevosita Xo'janddagi "Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi" stadionida tomosha qilib borgan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevning fikrlari bilan qiziqdik. 

- O'yin sizda qanday taassurot qoldirdi?

- O'yin "So'g'diyona"ning to'liq ustunligi ostida o'tdi. Futbolchilarimiz ancha mazmunli o'yin ko'rsatib, kerakli natijaga erishishdi. Keyingi o'yinlarda ham omad tilab qolamiz.

- Jasur Hasanovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Jasur Hasanov nafaqat o'zimizning futbolchilarimizga, balki raqib jamoa azolariga ham master-klass ko'rsatib bermoqda. U ajoyib sport formasida ekanligi albatta quvonarli holat. 

- "So'g'diyona"da OFK Kubogini yutish uchun imkoniyat qanday?

- Bu haqda o'ylashga hali biroz erta. Lekin barchasi yigitlarimizning o'z qo'llarida. Xudo xohlasa, "So'g'diyona" finalga etib boradi, jamoa potenciali yuqori.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика