So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

“Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” xayriya akciyasining maxsus futbolkalariga ega bo'ling! Yangiliklar

“Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” xayriya akciyasining maxsus futbolkalariga ega bo'ling!

Ertaga Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida “Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” xayriya akciyasi bo'lib o'tishidan barchaning xabari bor.
Ushbu xayriya akciyasinin o'tkazish bo'yicha tuzilgan tashkiliy guruh so'nggi tayyorgarliklarni amalga oshirishmoqda. “Geolog” sport majmuasini tadbirga mos ravishda bezash, kerakli jihozlarni o'rnatish, tadbir dasturi va boshqa shu kabi tayyorgarliklar allaqachon tayyorlab qo'yildi.

Faqat endi xayriya tadbirida vohalik futbol ishqibozlari va ishtirokchilar faol bo'lishsa bo'ldi. Bu juda muhim, hozirgi kunlarda yurtimiz futbol ishqibozlarining ham etibori shunda.

Xayriya tadbiri ishtirokchilariga yana bir yangilikni etkazib qo'yishni o'zimizga lozim topdik. Kecha xabar berganimizdek xayriya tadbiri doirasida futbol shou uchrashuvi ham o'rin olgan. Ana shu futbol uchrashuvida ishtirok etadigan jamoa azolari uchun “Nasaf” PFK tomonidan maxsus futbolkalar ham tayyorlab qo'yildi. Bundan tashqari ana shunday futbolkalardan xayriya ishtirokchilari tomonidan estalik uchun xarid qilishga ham tayyorlandi. SHuni takror va yana takror aytamizki, ushbu futbolkalardan tushgan har bir so'm mablag' Kamoliddin Kenjaevga topshiriladi. Xayriya akciyasi ishtirokchilari bu kabi sahovatli ishlari bilan Kamoliddin Kenjaevni ham moddiy, ham manaviy qo'llab-quvvatlashga o'z hissalarini qo'shgan bo'lishadi.





Yana bir narsani eslatib qo'ysak, ana shunday futbolkalarni xarid qilgan ishtirokchilar tadbirda ishtirok etgan, o'zi hohlagan futbolchi yoki murabbiy bilan birga rasmga tushishi hamda uning dasxatini xarid qilgan futbolkasiga tushirib olishi mumkin. Bu haqda xayriya akciyasi tashkilotchilari ular bilan oldindan kelishib qo'yishgan. Hech kimga rad etilmaydi.





SHuningdek futbol uchrashuvida ishtirok etgan futbolchilarning ham futbolkalarini ularning dasxati va birga rasmga tushish sharti bilan xayriya akciyasi ishtirokchilarining xarid qilish imkoni bo'ladi. Maboda bir futbolkaga ikki yoki undan ko'p xaridor bo'lganda kim oshdi yo'li bilan sotiladi. Yana takrorlaymiz xayriya akciyasidan tushgan barcha mablag'lar Kamoliddin Kenjaevga topshiriladi.

Xayriya akciyasi tashkilotchilari vohalik futbol ishqibozlarini ana shu tadbirda faol ishtirok etishlarini kutishmoqda. Zero, malakatimizda bo'lgani kabi vohamizda ham saxovatpesha insonlar ko'pchilikni tashkil etadi.

Ha yana bir narsani eslatib qo'ymoqchimiz, tadbirda taniqli jurnalist, hammamizga tanish futbol sharhlovchisi, hurmatli Xusan aka Temirov suhandonlik qiladi. Tadbirga marhamat!



Xayriya tadbiri ertaga yani, 22 noyabr shanba kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida soat 15:00da boshlanadi.

Xayriya akciyasining Qashqadaryo viloyati bo'yicha
vakili. voha.uz sayti mamuri

Ziyodulla Safarov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика