Kamerun terma jamoasi O'zbekiston bilan o'yin uchun kengaytirilgan tarkibni elon qildi
20 sen 2022 17:10
Yangiliklar


Kamerun terma jamoasi O'zbekiston bilan o'yin uchun kengaytirilgan tarkibni elon qildi
Yana 3 kundan so'ng, 23 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Jahon chempionati ishtirokchisi bo'lgan Kamerun terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
3 kun avval, 17 sentyabr kuni milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec ushbu o'yin hamda mazkur uchrashuvdan 4 kun keyin o'tkaziladigan Kosta-Rikaga qarshi o'yinlar uchun yakuniy tarkibni elon qilgan edi.
Dastlabki raqibimiz Kamerun termasi ham O'zbekiston va Janubiy Koreya bilan bo'ladigan uchrashuvlar uchun kengaytirilgan tarkibni elon qildi. Terma jamoa yulduzlaridan biri — "Inter" darvozaboni Andre Onanadir.
Mavzuga doir: Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari va ular qanday o'ynashi haqida nimalarni bilishingiz kerak? Nikolay Egorichevdan tahlil
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 2

Fikrlar