Kalvert-Lyuin "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda harakat qilmaydi
17 fev 2021 08:10
Yangiliklar


Kalvert-Lyuin "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda harakat qilmaydi
Forvard Dominik Kalvert-Lyuin sonidagi jarohat sabab ketma-ket ikkinchi o'yinda maydonga tushmaydi.
Bu haqda matbuot anjumanida liverpulliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti aytib o'tdi.
"Dominik Kalvert-Lyuin va Jan-Filipp Gbamin aniq o'ynamaydi. Qolgan hamma o'z joyida va shug'ullanmoqda. Ularning vaziyatida faqat kutish kerak deb o'ylayman. Ularning shanbadayoq bizga yordam berishlarini xohlab qolamiz. Jordan Pikford kecha shug'ullandi va muammo yo'q, biz bugun o'rganish o'tkazdik va muammo aniqlanmadi", - deydi Anchelotti.
"Everton" shanba kuni "Liverpul" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar