Joze Mourinyu Benzemaning "Oltin to'p" olishiga munosabat bildirdi
18 okt 2022 19:15
Yangiliklar


Joze Mourinyu Benzemaning "Oltin to'p" olishiga munosabat bildirdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Karim Benzemaning "Oltin to'p" olgani haqida fikr bildirdi.
"Karim fantastik yigit. U ajoyib xarakterga ega. Jamoaviy futbolchi. Benzema "Oltin to'p" olishga yoki boshqalardan ko'p gol urishga intilmaydi. SHunchaki ko'p ishlaydi va mehnat qiladi. Demak, bu oddiy holat",- deydi Joze.
Avvalroq Mesut Ozil ham bu borada shunday degandi: "Karim – dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Bir kun kelib u bu sovrinni olishini bilardim. Bunga loyiqsan. Sen bilan faxrlanamiz, do'stim"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar