Joze Mourinyo MYU rahbariyatidan “Barselona” himoyachisini sotib olishni so'radi

2 fev 2018, 07:45
Joze Samyuel Umtitini jamoasi safida ko'rishni xohlamoqda.

Murabbiyning fikricha, Umtiti jamoaning himoya chizig'ini kuchaytira oladi. Joze klub rahbariyatiga murojaat qilib Umtitini sotib olishni so'radi. Himoyachining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 60 mln evroni tashkil qiladi. Bu summani to'lash MYU uchun muammoga aylanmasligiga Joze ishonmoqda.

Umtitining “Barselona” bilan bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD.ru