Joze Mourino: Agar MYU Stemford Bridjda gol ursa jinnilarga o'xshab nishonlamayman
23 okt 2016 17:27
Yangiliklar


Joze Mourino: Agar MYU Stemford Bridjda gol ursa jinnilarga o'xshab nishonlamayman
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourino APL 9-turidan o'rin olgan CHelsiga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
O'z hissiyotlarimni boshqarishni o'rganib olganman. Agar jamoam gol ursa jinniga o'xshab nishonlaymanmi? Yo'q. Agar muxlislar menga salbiy munosabatda bo'lishsa ularga ham salbiy munosabatda bo'lamanmi? Yo'q.
Bazi murabbiylar klubni tark etgach uni yomonlay boshlashadi. Men klublarni yaxshi xotiralar bilan tark etaman. CHelsidan yaxshi xotiralar qolgan, – deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar