So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  3 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  30 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Jorvan Vieyra: "OKMK futbolchisi nohaq chetlatildi" Yangiliklar

Jorvan Vieyra: "OKMK futbolchisi nohaq chetlatildi"

OCHL saralashi doirasida bo'lib o'tgan OKMK - "Al-Sib" uchrashuvidan so'ng O'mon jamoasi bosh murabbiyi Jorvan Vieyra matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlar bilan o'z fikrlarini bo'lishdi.

- Barchaga xayrli kech. O'zingiz ko'rganingizdek, futbolda o'yinni nazorat qilish, g'alabani taminlamaydi. Biz o'yinni nazorat qildik, lekin raqib darvozasiga yo'l topa olmadik. Raqib bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng ko'proq hujum qilishimiz kerak edi. Yigitlar qo'lidan kelgan barcha narsani qilishdi. Jamoa mashg'ulotlarga qaytganiga bor yo'g'i bir oy bo'ldi. OKMK jamoasi esa mavsum o'rtasiga etib keldi. Afsuski, Qatarga borish va "Al-Arabi"ga qarshi o'ynash niyatimiz amalga oshmadi. Raqibimizni keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklayman. Biz hujumlarimizni yakunga etkaza olmadik, yani kam zarba berdik. OKMK jamoasi bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng, men uch hujumchini maydonga tashladim va balki bu qaror xato bo'lgandir. Nima bo'lganida ham, futbolchilarimga rahmat. Endi bizni milliy chempionatimiz kutib turibdi. Birinchi turdagi raqibimiz, O'monning eng kuchli raqiblaridan biri. Men hech qachon "qizil" kiyimdagi (hakamlar) insonlarni muhokama qilmayman, lekin mening fikrimcha gol bo'lgan vaziyatda darvozabonimizga nisbatan qo'pollik ishlatildi. O'ylaymanki, mana shunday o'tish o'yinlarida mintaqaning eng yaxshi hakamlari ishlash kerak. Sababi, bu bor yo'g'i bita uchrashuv. To'g'risi, Boakening ikkinchi sariq kartochkasi noto'g'ri ko'rsatildi deb o'ylayman. Men shunday odamman va hamma narsada adolat hukm topishini istayman. Qadrli jurnalistlar, yana bir bor sizlardan iltimos qilaman. Temur Kapadzega salomimni etkazib qo'ysangiz. U mening qo'l ostimda o'ynagan va u bilan ajoyib damlarni o'tkazganman.

- Sariq kartochka olgan vaqtingiz hakamga nima dedingiz?

- Bu kasbimning bir qismi. Men etiroz bildirdim va shu sabab sariq kartochka oldim. Mening 42 yillik murabbiylik tajribamda birinchi marotaba sariq kartochka olishim, murabbiylik faoliyatim davomida 1000tadan ko'proq uchrashuv o'tkazganman va biror marotaba sariq yoki qizil kartochka olmaganman.

- Futbolchilaringiz ikkinchi bo'lim o'rtasida charchab qolishdi. Zaxira futbolchilarini ertaroq maydonga tushirishingiz mumkin ediku?

- Futbolchilarim charchab qolgani sabab mag'lub bo'lganimiz yo'q. Biz taktik tomonlama raqibdan engildik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham har doim ham o'yin tempiga moslashib keta olishmaydi. Raqib bizni qiynab qo'ydi va shu sababdan ikkinchi taym avvalida gol o'tkazib yuborishimiz mumkin. Futbolda uchta yakuniy natija bor - g'alaba, durang va mag'lubiyat. Bugungi uchrashuvda kim to'pponchadan ertaroq o'q uzgan bo'lsa, o'sha jamoa g'olib bo'ldi. Yagona urilgan gol ham, jarima zarbasidan urildi. Biz bugun mag'lub bo'ldik, lekin maydonni boshimizni tik ko'targan holda tark etdik. Raqibimiz ikkinchi taymni qanday boshlashni zo'r bilar ekan. Raqib jamoasining murabbiyini tabriklayman va ularga omad tilayman. Yaxshi jamoa tashkil qilingan va bundan ham yaxshiroq natijalarga erishishi mumkin.

- O'zbekiston klublarida ishlash niyatingiz bormi? Sizning 31chi klubingiz O'zbekistondan bo'lishiga qanday qaraysiz?

- Menga o'tgan yili O'zbekistondan taklif bo'ldi. Aynan qaysi jamoa taklif berganini aytish noto'g'ri. Biz moliyaviy masalalar bo'yicha kelisha olmadik. Men O'zbekistonga ko'p marotaba kelganman va yana bir tashrif buyurishni istayman. Arab tilida "maktub" degan so'z bor va sizlar ham ushbu so'zning manosini bilasizlar. Menga O'zbekistondan "maktub" kelsa, ishlashga tayyorman. O'zbek futbolchilari va jamoalaringiz ancha kuchli, lekin tushunmayman nega sizlar hali ham xalqaro maydonda katta yutuqlarga erisha olmayapsiz. Men 2007 yilgi Osiyo kubogida O'zbekistonga o'yin o'tkazganman va o'shanda sizlarning jamoangiz bizni "yanchib" tashlagan edi. Bizga birorta imkoniyat qoldirishmagan edi. Osiyo kubogi-2007da Iroq terma jamoasi bilan chempion bo'lganman va bizni eng ko'p qiynagan raqib: O'zbekiston va Janubiy Koreya bo'lgan edi. Barchangizga rahmat va nasib qilsa biz yana uchrashamiz

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика