Joriy mavsum 4ta gol urgan "Siti" himoyachisi shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2018, 19:28
"Manchester Siti" himoyachisi Nikolas Otamendi klub bilan yangi shartnoma tuzdi.

Bu haqda "shaharliklar" rasmiy sayti e'lon qildi.

Otamendi va "Siti" o'rtasidagi yangi bitim 2022 yilgacha amal qiladi.

Joriy mavsum argentinalik himoyachi "Manchester Siti" safida Angliya Premer-ligasining 22ta uchrashuvida ishtirok etib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia