

Fransiya chorak final bahsida Argentinani 1:0 hisobida taslim qildi.
O'yin yakunlanganini anglatuvchi xushtak chalinganidan so'ng Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabidagilar fransiyalik futbolchilar tomon yugurib borishdi va ular o'rtasida mojaro yuzaga keldi. Janjal fransiyalik xavbek Enco Miyo hamda argentinalik himoyachi Nikolas Otamendi o'rtasidagi to'qnashuvdan so'ng boshlandi.
"Fransiyalik futbolchilar oilamiz o'tirgan tribuna to'g'risida g'alabani nishonlaganidan jahlim chiqdi.
Bu Balde yoki Bade (Loik Bade), agar u oilamiz qarshisida g'alabani nishonlamoxchi bo'lsa, oldimga kelsin, hal qilamiz. Hammasini kelishib olamiz.
Jahon chempioni bo'lishdan avval alamli mag'lubiyatlarni boshimdan o'tkazganman, bu qanday ekanligini yaxshi bilaman. Yigitlardan minnatdorman. Bizga bitta gol yetishmadi" - dedi Otamendi.



