Jon Duran "Bavariya" darvozasiga urgan goliga izoh berdi
03 okt 2024 16:44
Yangiliklar


Jon Duran "Bavariya" darvozasiga urgan goliga izoh berdi
"Aston Villa" hujumchisi Jon Duran CHempionlar Ligasi doirasida "Bavariya" ustidan qozonilgan (1:0) g'alabadan keyin taassurotlari bilan bo'lishdi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golga aynan Duran mualliflik qildi.
"Gol urganimdan xursandman, ayniqsa, mening orzularimda jamoa — "Bavariya" singari buyuk klubga. SHunday raqibga qarshi bahsda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq ko'rilganimdan ham mamnunman, buni ham faqat orzu qilardim. O'ylashimcha, ishimning muhim qismi: diqqatni jamlash, imkoniyatni kutish va undan unumli foydalanish. Har qanday vaziyatda ham bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman", - dedi Duran.
"Aston Villa"ning keyingi uchrashuvi 6 oktyabr, yakshanba kuni, Premer-liga navbatdagi tur doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar