Joan Laporta Ronaldino Qirg'iz Respublikasiga kelishini takidladi
29 avg 2023 10:27
Yangiliklar
Joan Laporta Ronaldino Qirg'iz Respublikasiga kelishini takidladi
Afsonaviy futbolchi Ronaldino Qirg'iz Respublikasiga keladi.
Bu haqda "Barselona" futbol klubi prezidenti Joan Laporta malum qildi.
Qirg'iz Respublikasida "Barsa" futbol akademiyasi ochilishi tashabbuskorlaridan biri, "JalGrupp Aziya" jamoat fondi rahbari Aybek Alibaev ham Ronaldino ertaga Bishkekka etib kelishiga ishontirdi.
Avvalroq xorij OAVda 2005 yilgi "Oltin to'p" sohibi, futbolchi Ronaldinoga firibgarlik ishi bo'yicha sud majlislariga kelmagani uchun Braziliyani tark etish taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, 30 avgust kuni soat 19:00 da Bishkekdagi "Spartak" stadionida "Barselona" futbol klubi afsonalari bilan o'yin bo'lib o'tadi. Ular "Osiyo afsonalari" jamoasi bilan to'qnash kelishadi.
Fikrlar