Jizzax viloyati futbol associaciyasida yig'ilish
06 iyu 2018 20:42
Yangiliklar


Jizzax viloyati futbol associaciyasida yig'ilish
Jizzax Politexnika instituti majlislar zalida Viloyat futbol associaciyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Viloyat futbol associaciyasi vakillari, jamoalar va futbolchilar ishtirok etgan tadbirda Jizzax viloyati xokimi, Jizzax viloyat futbol associaciyasi prezidenti Ergash Saliev, Jizzax viloyat futbol associaciyasi birinchi prezidenti Anvar Musulmonovlar so'zga chiqib, viloyat futbolining bugungi ahvoli, yosh futbolchilarga qaratilayotgan etibor, tumanlardagi futbol maydonlarining holati va ularni yaxshilash, yoz mavsumida tatilda bo'ladigan maktab o'quvchilari o'rtasida futbol musobaqalari tashkil etib ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasida so'z yuritdilar.
Yig'ilish so'ngida Jizzaxda futzal bo'yicha mehnat jamoalari o'rtasida 2-liga viloyat chempionati g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar