So’nggi yangiliklar

00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  4 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  6 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0

"Jizzax" bosh murabbiyi: "Tarkibimiz faqat mahalliy futbolchilardan iborat ekani meni xursand qiladi" Yangiliklar

"Jizzax" bosh murabbiyi: "Tarkibimiz faqat mahalliy futbolchilardan iborat ekani meni xursand qiladi"

O'zbekiston kubogining 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Jizzax" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sunnatilla Yoqubov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

" - Birinchi navbatda "So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ularga navbatdagi bosqichlarda ham omad yor bo'lsin. O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuvning 80-daqiqasiga qadar bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchrab turgandik. SHunga qaramay raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatdik, gol urishga harakat qildik. Qaerdadir omad etishmadi, balki yigitlarning kuchi etmadi. Lekin kuchli raqibga qarshi munosib o'ynay oldik deb o'ylayman.

Meni xursand qiladigan jihati, tarkibimizda faqat mahalliy futbolchilardan iborat. Maqsadimiz viloyatmizning bosh jamoasiga munosib futbolchilarni etkazib berish. Oldimizda butun boshli mavsum turibdi. Naabatda "Qo'qon-1912" bilan o'yinimiz bor, har bir uchrashuvni ijobiy natija bilan yakunlashga harakat qilamiz" - deydi jizzaxliklar ustozi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика