"Jizzax" bosh murabbiyi: "Tarkibimiz faqat mahalliy futbolchilardan iborat ekani meni xursand qiladi"

Administrator
20 apr 2024, 00:10
O'zbekiston kubogining 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Jizzax" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sunnatilla Yoqubov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

" - Birinchi navbatda "So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ularga navbatdagi bosqichlarda ham omad yor bo'lsin. O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuvning 80-daqiqasiga qadar bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchrab turgandik. Shunga qaramay raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatdik, gol urishga harakat qildik. Qayerdadir omad yetishmadi, balki yigitlarning kuchi yetmadi. Lekin kuchli raqibga qarshi munosib o'ynay oldik deb o'ylayman.

Meni xursand qiladigan jihati, tarkibimizda faqat mahalliy futbolchilardan iborat. Maqsadimiz viloyatmizning bosh jamoasiga munosib futbolchilarni etkazib berish. Oldimizda butun boshli mavsum turibdi. Naabatda "Qo'qon-1912" bilan o'yinimiz bor, har bir uchrashuvni ijobiy natija bilan yakunlashga harakat qilamiz" - deydi jizzaxliklar ustozi.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia