Jiru: "Grizmanni "Oltin to'p" bilan tabriklagan birinchilardan bo'laman"
08 iyu 2016 04:33
Yangiliklar
Jiru: "Grizmanni "Oltin to'p" bilan tabriklagan birinchilardan bo'laman"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Germaniya ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Butun mamlakat orzu qilayotgan natijaga erishish uchun Portugaliyaga qarshi bahsni sabrsizlik bilan kutamiz. Katta mehnat evaziga qo'lga kiritilgan g'alabadan baxtlimiz. Birinchi bo'limda ustunlik Germaniyada bo'ldi, ammo biz kerakli vaqtda gol ura oldik. Bu penalti o'yin taqdirini hal qildi. Undan so'ng o'yinimiz osonlashdi.
Grizmann uchun barchamiz xursandmiz, ularning orasida men ham borman. Ha, men ham hujumchiman, ammo bunday turnirda gollar muallifliga katta ahamiyatga ega emas, barcha gollarni o'zing uchun emas, butun mamlakat uchun urasan. Antuan ajoyib formada.
U uchun juda xursandman va Grizmanni "Oltin to'p" bilan qutlagan birinchilardan bo'laman. Ammo asosiysi bosh sovrin" - deydi Jiru.
Fikrlar