Jiru Franciya terma jamoasi safidagi gollar soni bo'yicha Anrining rekordiga yaqinlashib oldi
08 okt 2020 09:28
Yangiliklar


Jiru Franciya terma jamoasi safidagi gollar soni bo'yicha Anrining rekordiga yaqinlashib oldi
Franciya terma jamoasi o'rtoqlik o'yini doirasida Ukraina terma jamoasini 7:1 hisobida engdi.
Francuzlar safida Olive Jiru dublga erishdi. Bu 34 yoshli hujumchi uchun milliy jamoa libosidagi 41 hamda 42-gollar bo'ldi. Natijada Jiru terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 41 ta gol urgan Mishel Platinidan o'zib ketdi va 2-o'ringa ko'tarildi. Undan oldinda faqat Terri Anri bor. Anrining hisobida esa 51 ta gol mavjud.
Jiru 42 ta gol urishi uchun terma jamoa libosida 100 ta o'yin o'tkazishiga to'g'ri keldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar