So’nggi yangiliklar

13:58"Ал Насср": Саудия Арабистони лигасини Хитой чемпионати тақдири кутмаяпти  1 13:26Фарҳод Нишонов Осиё кубоги олдидан нималар деди?  1 12:58"Атлетико" "Барселона" ўйинчиси учун 50 млн евро атрофида маблағ тайёрлаб қўйди  14 12:55Ўзбекистон – Яман учрашувини қаердан кўриш мумкин?  3 12:35Винисиус Саудия Арабистони ҳақида: "Реал"да узоқ муддатга қолишга умид қиламан. Бу менинг уйим. Шу ерда тарихга киришни хоҳлайман"  9 12:07Гвардиола: "Бундай ҳолат илгари "Спортинг", "Брентфорд", "Манчестер Юнайтед"га қарши ўйинларда ҳам кўп марта юз берган"  35 11:49"Пахтакор"нинг собиқ мураббийи Россия клубида иш бошлади  3 11:40Жон Стоунз: "Олдинда яна 90 дақиқа бор ва биз вазиятни ўз фойдамизга тўғрилашимиз мумкин"  11 11:15«Барселона» ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  6 10:48«Арсенал» ёзда 7 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  6 10:35Қосимов «Қўқон-1912» жамоасига ўтишга яқин  4 10:00Осиё кубоги. U-20 терма жамоамиз эртага ўз юришини бошлайди. Яманга қарши қандай либосда ўйнашимиз маълум  5 09:40Анчелотти иродали ғалабадан сўнг нималар деди?  22 09:14Виниcиус «Ман Сити» мухлисларининг осган баннери ҳақида фикр билдирди  31 08:48Бугун ўсмирларимиз Марокашга қарши баҳс олиб боради  6

Jinoyat va jazo. “Millionlar o'yini”dan o'marilgan millionlar Yangiliklar

Jinoyat va jazo. “Millionlar o'yini”dan o'marilgan millionlar

Futbolni rivojlantirish bo'yicha Jizzax viloyati masul amaldori bu mashhur atamini boshqacha tushungan ko'rinadi

Mamlakatimizda bolalar va o'smirlar sport maktablari, zamonaviy sport maskanlari qurishga, professional futbolchilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlashga, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga juda katta etibor qaratilyapti. 

Bu etibor va g'amxo'rlikning samarasi o'laroq, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalrda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib qaytishmoqda.

GURUCH ICHIDAGI KURMAKLAR

Albatta, bu boradagi ezgu ishlarga o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan fidoyi murabbiylar, o'z sohasining etuk mutaxassilari ko'p va ularning halol xizmatlari hamisha etirofga loyiq. Biroq joylarda futbolni rivojlantirish uchun masul etib tayinlangan ayrim amaldorlar xizmat vakolatlarini g'arazli maqsadlarda suiistemol qilayotgani g'oyat  achinarlidir.

O'zbekison futbolini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Jizzax filiali ijrochi direktori Baxtiyor G'afurov, Jizzax Futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Ergash O'rinov, va ushbu tuzilma mutaxassisi  Sahobjon Xo'jaev ana shunday “ucharlar” toifasidan bo'lib chiqdi. Bu uchovlon ayyorlikda, xudbinlikda, davlat manfaatlaridan ko'ra o'z jig'ildonini ustun qo'yishda bir-biridan qolishmasdi. Masul vazifalarda ishlagan bu kimsalar o'zlari masul bo'lgan hududda futbolni rivojlantirish o'rniga o'z cho'ntaklarini qappaytirish uchun astoydil jon kuydirishdi. 

MAKKORONA FINTLAR

Tajribali huquq posbonlarining kuzatishlariga qaraganda, mo'may daromad orttirishga kelganda, har qanday to'mtoq fikrli  jinoyatchilarning ham “fantaziya”si aql bovar qilmas darajada ishlab ketarkan. Bizning qahramonlarimiz ham har kuni qanday qilib bo'lmasin, tezroq va ko'proq pul orttirish, davlat mablag'larini o'marish borasida yangi-yangi rejalar tuzishar, ko'z ko'rib quloq eshitmagan usullarni o'ylab topishardi. 

Jamg'armaning Jizzax filiali sportning ushbu turini rivojlantirish uchun davlat organlari va homiy tashkilotlaridan har oy katta miqdorda mablag' olib turgan. Bu pullarni o'zlashtirish uchun B.G'afurov “makkorona usullar majmuasi”ni  ishlab chiqdi. 

2010-2011 yillarda filial hisob raqamiga homiylardan  714 mln. so'm miqdorida pul kelib tushgan. Filial rahbari esa, bu mablag'ning 79 million so'mini o'zi o'rindoshlik asosida boshqarib kelgan “So'g'diyona” viloyat futbol klubi o'yinchilariga mukofot sifatida to'lagan, qolgan 635 million so'mni mahalliy jamoalar murabbiylarini mukofotlash haqida soxta shartnomalar va avans hisobotlari tuzib, cho'ntakka urgan. Aslida na futbolchilar, na murabbiylar bu “mukofot puli” haqida eshitishgan. 

“DAVRING KELDI, SUR BEGIM!”

Ana shu tizim asosida Baxtiyor G'afurov 2012 yilda ham  289 mln. so'm miqdorida noqonuniy daromad qilgan. O'sha yili u Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbariyatini yillik moliyaviy rejadagi 300 million o'rniga 347 million so'mlik homiylik yordami ko'rsatishga ko'ndirgan. Tafovutdagi 47 million so'mlik mablag'ni bank orqali naqdlashtirib, “tuya” qilib yuborgan.

Harom pul topishning hadisini olgan  Baxtiyor G'afurov 2013-2014 yillarda ham mazkur homiy tashkilotni “sog'ish”da davom etadi. SHu muddat davomida u hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan rejada belgilangan 650 million so'm o'rniga 991 million so'm pul  undiradi. Oradagi 341 million so'm qaerga ketganini aytmasak ham bilib turibsiz.

2013-2014 yillarda jamg'arma filiali hisobiga yana homiylarda 793 million so'mlik homiylik mablag'lari kelib tushadi. Ushbu mablag'ning 786 million so'mi soxta hujjatlar va qalbaki imzolar yordamida “o'zlashtiriladi”.

QORONG'IDA TOPISHGANLAR

Jizzax Futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Ergash O'rinov bilan ham u “qorong'ida topishdi”. O'rinov 2014 yilda homiylardan viloyat futbol federaciyasiga kelib tushgan 766 million so'mning katta qismini   “begona” qilmaslik uchun bu mablag'ni O'zbekiston futbolini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Jizzax filiali hisob raqamiga o'tkazadi. 

Filial rahbari esa, bu pulni soxta hujjatlar yordamida taqsimlab chiqadi. Qarabsizki, bu pulning 135 million so'mi “sheriklar”ning  cho'ntagiga tushib turibdi. 

Xizmat vakolatidan foydalangan E.O'rinov federaciyaning korporativ plastik  kartochkasini ham “xususiylashtirib” olgandi. 2010-2014 yillarda ushbu kartochkaga tushirilgan 70 million so'mdan ortiqroq mablag'ning 43 million so'mi o'zi va oilasining  ehtiyojlari -  spirtli ichimliklar, xo'jalik mollari, dori-darmon, mobil  aloqa xizmati uchun sarflab yuborgan.

O'Z FOYDASIGA “ADASHGANLAR”

E.O'rinov, viloyat federaciyasi mutaxassisi Sahobjon Xo'jaevni yoniga olgach, uning ishlari yanada “engillashadi. 2010-2014 yillarda turli futbol musobaqalarida ishtirok etgan sportchilarning plastik kartalariga mukofot puli sifatida tushishi kerak bo'lgan  mablag'ni o'zi va sherigining hisobiga “o'tkazib” yuboradi. Bu ishini xaspo'shlash uchun esa, soxta shartnomalar va vedomostlar  tuzib, ularni Ergash O'rinovning o'zi musobaqa ishtirokchilarining yasama imzolari bilan to'ldiradi. 

SHundan so'ng bu pullar viloyatdagi savdo nuqtalari orqali naqdlashtirilib, jinoiy guruh azolarining jig'ildonidan joy oladi. Qilmishlari ochilmay kelayotganidlan ruhlangan hamtovoqlar amalda mavjud bo'lmagan “Oltin to'p” futbol federaciyasiga  11,8 million so'm miqdorida  moddiy yordam “ko'rsatishadi” va buni soxta hujjatlar yordamida rasmiylashtirishadi. Holbuki bu mablag' ham jinoiy sheriklar o'rtasida teng taqsimlangan edi.  

UZOQQA CHO'ZILMAGAN QUVONCH

Har qalay ularning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Kun kelib, jinoyatchilarni  huquq-tartibot idorlari qo'lga olishdi. Sud majlisida ularning uchovi ham rad etib bo'lmas dalillar qarshisida ayblarini tan olishdi. Odil sud sodir etgan jinoyatlari uchun B.G'afurovni etti yil, E.O'rinovni besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. S.Xo'jaevga nisbatan esa, amnistiya akti qo'llanilib, ozodlikka chiqarildi. 

Futbolni “millionlar o'yini” deb atashadli. CHunki bu jozibali o'yinning  butun dunyoda millionlab muxlislari bor. Ammo, bu atama bizning qahramonlarimiz faoliyatida noqonuniy mablag'larni o'zlashtirish uchun o'ylab topilgan nayranglarni ifodalagan bo'lsa ne ajab. Holbuki, bu mablag' hisobidan viloyatda futboni rivojlantirish boraisda qancha ezgu ishlarni amalga oshirish mumkin edi-ya!

2010-2011 yillarda filial hisob raqamiga homiylardan  714 mln. so'm miqdorida pul kelib tushgan. Filial rahbari esa, bu mablag'ning 79 million so'mini o'zi o'rindoshlik asosida boshqarib kelgan “So'g'diyona” viloyat futbol klubi o'yinchilariga mukofot sifatida to'lagan, qolgan 635 million so'mni mahalliy jamoalar murabbiylarini mukofotlash haqida soxta shartnomalar va avans hisobotlari tuzib, cho'ntakka urgan.

Baxtiyor G'afurov 2013-2014 yillarda ham mazkur homiy tashkilotni “sog'ish”da davom etadi. SHu muddat davolmida u hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan rejada belgilangan 650 million so'm o'rniga 991 million so'm pul  undiradi. Oradagi 341 million so'm qaerga ketganini aytmasak ham bilib turibsiz.

Odil sud sodir etgan jinoyatlari uchun B.G'afurovni etti yil, E.O'rinovni besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. S.Xo'jaevga nisbatan esa, amnistiya akti qo'llanilib, ozodlikka chiqarildi. 


"Darakchi" gazetasining 7 aprel soni uchun Ikrom Rajabov.

Maqola gazetaning rasmiy ruxsati bilan saytimizda chop etildi.




Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика