So’nggi yangiliklar

19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  0 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  15 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0

"JFL-Tashkent" Beylning huquqini himoya qiladigan agentlik bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi Yangiliklar

"JFL-Tashkent" Beylning huquqini himoya qiladigan agentlik bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi

Teglar :  JFL-Tashkent
Jahonga mashhur "Stellar Football Ltd" agentligi Evropa andozasi asosida faoliyat yuritishni maqsad qilayotgan "JFL-Tashkent" jamoasi bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Mazkur kompaniya, jahonning etakchi agentliklari "Gestifute"dan (Jorje Mendesh. Mijozlari: Krishtianu Ronaldu, Xames Rodriges, Anxel Di Mariya va Diego Kosta) keyin ikkinchi o'rinda turadi.

Kompaniya Garet Beyl, Lyuk SHou va Jo Xart kabi jahon yulduzlariga xizmat qiladi.

Aynan shu tashkilot o'zbekistonlik yoshlarni ham Evropaga ketishida o'zining munosib ulushini qo'shishi mumkin.

"Stellar Football Ltd"ning Ispaniya va Portugaliyadagi rahbari Luis Alonso "JFL-Tashkent" bilan hamkorlikda iqtidorli o'zbekistonlik futbolchilarga Evropa eshiklarini ochishi reja qilinayapti.

"O'zim o'zbekistonlik bo'lganligim uchun, Vatanim o'g'lonlarini Evropada ko'rishni orzu qilaman. So'nggi yillar davomida Evropa futbolida katta tajriba to'pladim. "UEFA"ning "B" licenziyasiga ega bo'ldim. Endi o'zimiznikilarni Evropaga "uchurma" qiladigan payt keldi deb o'ylayman. Bu borada, "JFL-Tashkent"ning tutayotgan roli menga maqul keldi. Ular haqida kompaniyamiz direktori bilan suhbatlashganimda, hamkorlik qilsak ikki tomonga ham yaxshi bo'lishi mumkinligi haqida aytdilar", - deydi "Stellar Group" kompaniyasining Osiyo bo'yicha maslahatchi skauti Zokirjon Xoliqov.

Suratda Luis Alonso va Zokirjon Xoliqov

"Stellar Football Ltd" rahbari Jonatan Barnett


"JFL-Tashkent" bolalar futbol klubiga azolikni boshladi

Nodirxo'ja Yuldashev: "JFL-Tashkent"ning ilk qaldirg'ochlari 2022 yilgi Osiyo chempionatiga borishlari kerak"

Bugun "JFL-Tashkent" o'zining ilk kelajak yulduzi bilan shartnoma imzoladi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика