Jeydon Sancho: "MYUga o'tish - orzuning ushalishi. Biz muxlislar munosib bo'lgan muvaffaqiyatga erishamiz"
23 iyu 2021 17:52
Yangiliklar
Jeydon Sancho: "MYUga o'tish - orzuning ushalishi. Biz muxlislar munosib bo'lgan muvaffaqiyatga erishamiz"
Yarim himoyachi Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga o'tganidan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Borussiya"dan doim kattalar darajasida o'ynash imkoniyatini bergani uchun minnatdorman, ammo men Angliyaga qaytishni xohladim. "Manchester Yunayted"ga o'tish - orzuning ushalishi. Premer-ligada o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman.
"Manchester Yunayted"ning yosh tarkibi bor. Men muxlislar munosib bo'lgan muvaffaqiyatga erishishimizni bilaman.
Sabrsizlik bilan o'yinimni kuchaytirish uchun murabbiy va uning shtabi bilan ishlash imkoniyatini kutyapman", - deydi Sancho.
Fikrlar