Jerom Etame: "Navbahor", "Paxtakor", "Nasaf" boshqalardan ko'ra ancha ilgarilab ketishgan"
04 sen 2022 00:55
Yangiliklar


Jerom Etame: "Navbahor", "Paxtakor", "Nasaf" boshqalardan ko'ra ancha ilgarilab ketishgan"
Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/4 finali doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" futbolchisi Jerom Etame o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Birinchi bo'limda o'yin unchalik o'xshamadi. Ikkinchisida ko'proq hujum qildik. Bo'lib turadi. Bu futbol. Keyingi o'yinlarda yutishimiz kerak.
- Bugun "Lokomotiv" ko'proq himoyaga etibor qaratdi. Keyingi o'yinlarda jamoa qanday o'yin ko'rsatmoqchi?
- Keyingi yildan umidimiz katta. Ungacha o'yinni topib olishimiz kerak. Kubokda ham uzoqroqqa borishni istaymiz. "Nasaf" esa bugun ham yaxshi o'ynadi.
- Superligadagi kelgusi rejalar qanday?
- 5-o'rinni egallash. "Navbahor", "Paxtakor", "Nasaf" boshqalardan ko'ra ancha ilgarilab ketishgan.
- So'nggi o'yinlarda gol ura olmayapsiz. Bu nima bilan bog'liq?
- Bu futbol. Bo'lib turadi. Bugun urmasang, ertaga urasan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar