“Jenoa”ga kelishi kutilgan CSKA forvardi “Benevento”ga o'tishi tasdiqlandi
26 jan 2021 20:40
Yangiliklar


“Jenoa”ga kelishi kutilgan CSKA forvardi “Benevento”ga o'tishi tasdiqlandi
“Benevento” sport direktori Paskuale Foja Adolfo Gaych jamoaga kelishini tasdiqladi, deb yozadi Metaratings.
Manbaga ko'ra, A Seriya jamoasi CSKA futbolchisini 6 oyga ijaraga oladi va kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Fojaning aytishicha, bitim uzayadigan bo'lsa, “Benevento” Gaychni sotib olish huquqini ham qo'lga kiritadi.
Avvalroq, argentinalik forvardga “Jenoa” qiziqqandi. U joriy mavsum klub libosida 18 o'yinda maydonga tushib, 1+1 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar