Jennaro Gattuzo: "Jamoa juda passiv o'ynadi"
10 fev 2020 01:31
Yangiliklar


Jennaro Gattuzo: "Jamoa juda passiv o'ynadi"
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya A Seriyasi 23-turida "Lechche"dan (2:3) qabul qilib olingan mag'lubiyat haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi 30 daqiqa mobaynida o'yinni nazorat qildik. Eng katta muammo – himoya chizig'imizning mo'rtligi. Jamoam juda ham passiv o'yin namoyish qildi. Ehtimol, bu jismoniy holat bilan bog'liqdir. Ammo yigitlarning o'yin avvalidagi harakatlari menga yoqdi.
Vaziyatni to'g'rilash uchun bor kuchimni sarflasam ham, natija o'zgarmadi", - deydi italiyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar