Jeko "Manchester Siti"ga qaytishni xohlamoqda
29 jan 2021 11:45
Yangiliklar
Bosh murabbiy Paulu Fonsekaga bilan kelisha olmayotgan futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishni xohlamoqda.
Hujumchining vakili Alessandro Luchchi "Manchester Siti" rahbariyati bilan muzokaralarga kirishdi. Qayd etish kerakki, manchesterliklar 34 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolashni juda ham xohlashmayapti, ammo agent ularni ko'ndirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Jeko "shaharliklar" safida 2011-2015 yillarda o'ynagan. Bosniyalik futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar