Jek Uilsher APLning yangi mavsumi chempionini taxmin qildi
08 avg 2021 14:58
Yangiliklar
Jek Uilsher APLning yangi mavsumi chempionini taxmin qildi
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Jek Uilsher "talkSPORT" nashriga bergan intervyusida APLning yangi mavsumi uchun taxminini bildirdi.
"Manchester Yunayted" chempion bo'lishini istardim. Ammo ular ikkinchi o'rinda bo'lishsa kerak. CHempionlikni "Manchester Siti" qo'lga kiritadi.
"CHelsi" uchinchi, "Liverpul" esa to'rtinchi bo'ladi. "Arsenal" - beshinchi, "Lester" oltinchi o'rinda. "Manchester Siti"ga qarshi ko'p o'ynaganman. Bu daxshatning o'zginasi. Ulardan to'pni olib bo'lmaydi.
Pep jamoasida kichik paslarni sayqallashtirib yuborgan. Agarda ular Xarri Keynni qo'lga kiritsa, barchasi boshlanishidan oldin tugaydi. "Liverpul" esa o'tgan yilgidan ko'ra bu mavsumni yaxshiroq o'tkazsa kerak", - dedi Uilsher.
Fikrlar