JCH saralashidagi raqib – Xitoy termasi Filippin bilan o'ynaydi
04 may 2017 11:05
Yangiliklar
JCH saralashidagi raqib – Xitoy termasi Filippin bilan o'ynaydi
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Xitoy termasi Suriyaga qarshi 8-tur o'yini oldidan Filippin terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Ushbu o'yin 7 iyun kuni Guanjou shahrida bo'lib o'tadi. Xitoyliklar 6 kundan keyin, yani, 13 iyun sanasida safarda Suriya bilan kuch sinashadi.
Oldinroq O'zbekiston termasining guruhdagi boshqa raqibi – Eron terma jamoasi 4 iyun kuni CHernogoriya bilan o'rtoqlik bellashuvida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 12 ochko bilan hozircha 3-pog'onada bormoqda. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) termalari egallagan.
O’xshash yangiliklar
10:03
Filippin terma jamoasi ustozi: "Biz 40 daqiqa davomida O'zbekiston bosimiga bardosh bera oldik"
0
Fikrlar