JCH saralash. Osiyo. 4-turning eng yaxshi surati
13 okt 2021 20:21
Yangiliklar
JCH saralash. Osiyo. 4-turning eng yaxshi surati
Kecha JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan BAA va Iroq milliy terma jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Suratga izoh: BAA - Iroq uchrashuvining 90+4-daqiqasida Ali Mabxut gol urib hisob 2:2 ko'rinish olishini taminladi. Hakam ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shgandi. 90+5-daqiqada esa shu holat sodir bo'ldi.
BAA futbolchilari ko'pchilik bo'lib hujumga o'tishdi va oxirgi hujumda 10-raqamdagi Xalfan Mubarak chalqancha usulda zarba berdi. To'p darvoza chizig'ini kesib o'tgan, o'yinda hatto VAR ishlagan bo'lishiga qaramay, hakam mezbonlarning toza golini hisobga olmadi. Natijada BAA uch ochkodan quruq qoldi.
O'yinni kim boshqardi deysizmi? Yaponiyalik hakam Ryuji Sato.
P.S. BAA terma jamoasi uchinchi bosqichda hali g'alaba qozongani yo'q: 4 o'yin, 3 durang, 1 mag'lubiyat.
Fikrlar