JCH saralash. Bahrayn Ukraina bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
15 may 2021 11:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637170_original.jpg)
![](/upload/storage/637170_220.jpg)
JCH saralash. Bahrayn Ukraina bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilayotgan Bahrayn terma jamoasi rasmiy o'yinlar oldidan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Dastlabki o'yin Ukraina termasiga qarshi o'tkaziladi. Terma jamoa bosh murabbiyi Elio Souza navbatdagi yig'in uchun 23 nafar futbolchini taklif etdi.
Malum bo'lishicha, bahraynliklar bugun mamlakat poytaxtida yig'ilib, besh kun mashg'ulot olib borishadi. 20 may kuni esa jamoa Kievga yo'l oladi va oradan uch kun o'tib Ukrainaga qarshi maydonga tushadi. 24 may kuni jamoa yana Bahraynga qaytib keladi va Malayziya bilan bo'ladigan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuviga hozirlikni davom ettiradi.
"C" guruhi bahslari markazlashgan tartibda Bahraynda bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. Ushbu jamoa JCH saralash bahslarini Kambodja (3 iyun), Eron (7 iyun) va Gonkong (15 iyun) terma jamoalariga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar