

– Qur'a haqida fikringiz qanday?
– Qur'a tashlash marosimi ortda qoldi, endi guruhda kimlar bilan o'ynashimizni bilamiz. O'ylaymanki, guruhimiz hammaniki kabi qiyin, lekin bu qur'a Jahon chempionati saralash bosqichi qur'asidan ancha yaxshiroq bo'ldi deb o'ylayman.
– Nima uchun?
– Jahon chempionati saralash bosqichida guruhimizda Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni va undan keyin Indoneziya bor edi. Bu safar qur'ada biroz omadimiz keldi deb o'ylayman. Ammo har bir o'yinda imkon qadar ijobiy natija ko'rsatish uchun eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
– Birinchi o'yin KXDRga qarshi...
– Ha, KXDR, undan keyin Iordaniyaga qarshi, uchinchi o'yin esa O'zbekistonga qarshi. Turnirdagi birinchi o'yin har doim eng muhim o'yin hisoblanadi. KXDRga qarshi o'yinga tayyor bo'lish uchun qo'limizdan kelgancha eng yaxshi tayyorgarlikni ko'ramiz va shundan so'ng qadamma-qadam oldinga intilamiz. Iordaniyaga qarshi yaxshi o'yin bo'ladi, keyin esa O'zbekiston... InshaAlloh, hammasi yaxshi bo'ladi va xalqimiz Osiyo Kubogida amalga oshiradigan ishlarimizdan faxrlanadi.
– Keyingi yig'inda yangi nomlar bo'ladimi?
– Albatta, bizda ko'plab yangi yigitlar bo'ladi va bu ular uchun yaxshi imkoniyat. Lekin shuni tushunishingiz kerakki, biz Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Gruziya qanday kuchli jamoa ekanini bilasiz. Bu biz uchun juda yaxshi o'yin bo'ladi. Bazi yangi yosh yigitlarga imkoniyat beramiz va ular bu imkoniyatni saqlab qolib, biz bilan davom etishadi.



