So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  2 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  6 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  30 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  43 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

JCH-2026 saralash bosqichi. Rustam Ashurmatov termada debyut golini urgan oqshomda O'zbekiston mehmonda Gonkongdan ustun keldi Yangiliklar

JCH-2026 saralash bosqichi. Rustam Ashurmatov termada debyut golini urgan oqshomda O'zbekiston mehmonda Gonkongdan ustun keldi

Teglar :  GonkongO'zbekiston
JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan Gonkong - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hong Kong

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. E . 3-tur

21/03/2024, 17:00

2
:
0
Tugadi

Uzbekistan

Eldor Shomurodov - 49', Rustamjon Ashurmatov - 66'

Stadion: 6263 tomoshabin

45'
90'
63'  Matthew Orr (Michael Udebuluzor)
63'  Everton Camargo (Pui-Hin Poon)
80'  Siu Kwan Chan (Yu Joy Yin)
80'  Juninho (Stefan Pereira)
88'  Wu Chun Ming (Wang Kit Tsui)
46'  Khozhimat Erkinov (Abbosbek Fayzullayev)
49'  Eldor Shomurodov
66'  Rustamjon Ashurmatov
70'  Rustamjon Ashurmatov (Khusniddin Alikulov)
82'  Jaloliddin Masharipov (Azizbek Amonov)
90'  Odildzhon Khamrobekov (Diyor Kholmatov)
90'  Eldor Shomurodov (Bobur Abdikhalikov)

GONKONG  -  O'ZBEKISTON 0:2 (TUGADI)

21.03.2024. Gonkong, "Mong Kok" stadioni. 

Hakamlar: Kim Vo Sung, Jang Jon Pil, Kang Dong Ho, Kim Da Yong

Gol: Eldor SHomurodov  (Aziz Turg'unboev) 49, 0:1, Rustam Ashurmatov (Jaloliddin Masharipov) 65, 0:2

Gonkong: 1. Yapp Xung Fai, 2. Oliver Benjamin Gerbi, 5. Helio Gonsalves, 6. Vu CHung Lok (3. Tsui Vang Kit,87), 8. Tan CHun Lok, 9. Matt Orr (20. Maykl Udebuluzor,63), 11. Everton Kamargo (14. Poon Pui Hin,63), 16. CHan Siu Kvan Filip , 21. YU Tze Nam, 22. Soaresh Junior Valter (10. Ferreyra Stefan, 80), 23. Sun Ming Him

Zaxira: 18. Pong CHeuk Hei, 19. Tse Ka Ving,  4. YU Vai Lim,  12. Lam Hin Ting, 13. Li Ngai Hoi,  15. CHang Hei Yin, 17. Vong Tsz Ho, 

O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farruh Sayfiev, 5. Rustam Ashurmatov (23. Husniddin Aliqulov,70)  7. Otabek SHukurov, 9. Odil Hamrobekov (6. Diyor Xolmatov,90), 10. Jaloliddin Masharipov (21. Azizbek Amonov,81), 14. Eldor SHomurodov (17. Bobir Abdixoliqov, 90), 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg'unboev, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullaev,46)

Zaxira: 12. Abduvohid Nematov, 16. Botirali Ergagashev, 3. Akramjon Komilov,  8. Jamshid Iskanderov, 13. Zafarmurod Abdirahmatov, 18. Abdulla Abdullaev,   


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'ZGARISH. O'zbekiston, Eldor SHomurodov o'rniga Bobir Abdixoliqov, Odil Hamrobekovning o'rniga Diyor Xolmatov tushdi. 

81.  O'ZGARISH. O'zbekiston, Jaloliddin Masharipov o'rniga Aziz Amonov tushdi 

75. STATISTIKA: To'p nazorati 47 - 55 %, aniq zarbalar 1 - 7 

70. O'ZGARISH. O'zbekiston, Rustam Ashurmatov o'rniga Husniddin Aliqulov tushdi. 

70. Malumot uchun, Rustam Ashurmatov terma jamoa libosidagi debyut golini urdi. 

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Burchakdan etkazib berilgan to'pni Rustam Ashurmatov boshi bilan darvoza to'riga solib qo'ydi.

63. O'ZGARISH. Gonkong,  

62. ZARBAAAAA. Jarima zarbasini Masharipovning o'zi amalga oshirdi. Noaniq. 

61. Jaloliddin Masharipov juda qulay nuqtada jarima zarbasini ishladi. 

54. Oldinga O'zbekiston! Bu gol kamlik qiladi. 

50. ZARBAAAAAAAAAA. Abbosbek Fayzullaevning zarbasini Gonkong posboni bartaraf etdi. Abbos o'yinni kuchaytirdi. 

48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. NIHOYAYAYAYAYAYAYAT GOOOOOOOOOOOOOOOL. Fayzullaev hujumni boshlab berdi. Turg'unboev o'z qanotidan to'pni Eldorga uzatdi va gol

46. O'ZGARISH. Hojimat Erkinov o'rniga Abbosbek Fayzullaev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

36. Gol kerak, gol yigitlar. Durang uchun bu erga kelmagansiz. 

33. O'yin tempi biroz pastladi. Gonkong ham o'yinga moslashib oldi. To'pni nazorat qilmoqda. 

30. ZARBAAAAAAA. SHomurodovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. Sayfiev uni to'p bilan taminlagandi. 

28. Eh qancha vaziyatlar. Birinchi bo'limdayoq o'yinni hal qilishimiz mumkin, qachonki vaziyatlarni golga aylantirsak. 

25. ZARBAAAAAAAAA. O'zbekistondan ketma ket hujumlar, Erkinov bu vaziyatda faollik ko'rsatdi. Gonkong darvozaboni o'yin qahramoni bo'lib turibdi. 

20. ZARBAAAAAAAAAAAAAA. Masharipovning pasini qabul qilib olgan SHomurodov ohista darvozaning pastki uzoq burchagiga zarba berdi. Darvoza to'sini to'sqinlik qildi. 

17. Erkinov ketma ket ikkita vaziyatda to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. Himoyachilar qaytardi. 

13. Ustunlik to'liq O'zbekiston tomonida. 

10. ZARBAAAAAAAAAAAAA. SHomurodovning pastki burchakka yo'naltirgan zarbasini gonkonglik kiper qiyinchilik bilan qaytarib yubordi. 

9. Gonkong ham bizning jarima maydonchamiz tomon yaxshi pressing 

5. Lekin koreyalik "professor" hakam buni qo'l deb o'ylab golni inobatga olmadi. Mayli biz yana uramiz. Hakam hisobga olmaguncha to'xtamaymiz. 

4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. YO'Q. SHomurodov o'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni elkasi bilan to'xtatib olib darvozaga yo'lladi. 

3. Hozircha terma jamoamiz 2 ta qanotdan kirib borib vaziyatlar yaratishga urinib ko'rdi. 

2. Malumot uchun, 2013 yil Gonkongga qarshi kechgan so'nggi o'yinimiz ham "Mong Kok" stadionida o'tkazilgan, unda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozongandi. 

Bizda barchasi joyida. O'yin boshlandi. To'pni o'yinga O'zbekiston kiritib berdi. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Madhiyamiz yangradi. Olg'a O'zbekiston. 

- Uchrashuv 17:00da boshlanadi. 

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика