JCH-2022 saralashi. Livan SHri-Lankani mag'lub etdi. Turkmanistonning holati qiyinlashdi
05 iyu 2021 15:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640839_original.jpg)
![](/upload/storage/640839_220.jpg)
JCH-2022 saralashi. Livan SHri-Lankani mag'lub etdi. Turkmanistonning holati qiyinlashdi
Osiyo qitasida JCH-2022 saralash bahslari davom etmoqda.
Janubiy Koreyada o'tayotgan "H" guruhida Livan - SHri-Lanka uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Livan 3:2 hisobida qiyin g'alabaga erishdi.
Ushbu g'alabadan keyin Livanning hisobidagi ochkolar soni 10taga etdi. Bu guruhdagi Turkmanistonning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati keskin pasayib ketdi. Sababi oldinda qo'shnilarimizni Janubiy Koreya va Livan bilan bahslar kutib turibdi. Guruhdan chiqish uchun Turkmaniston har qanaqasiga Janubiy Koreyaga yutqazmasligi va Livanni yirik hisobda mag'lub etishi shart.
Livan - SHri-Lanka 3:2
Gollar: Jon Umari 11, 44, Muhammad Kdux 17 - Ahmed Vasim Roziq 10, 61.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar