JCH-2022 saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistonida nima gap?
08 okt 2019 11:09
Yangiliklar
JCH-2022 saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistonida nima gap?
Garchi birinchi turda Falastinga imkoniyatni boy bergan bo'lsak-da, guruhdagi asosiy raqibimiz baribir Saudiya Arabistoni bo'lib qolaveradi.
Malumkim, bu jamoa Erve Renar qo'l ostida bo'lajak ikki o'yinga tayyogarlikni davom ettiryapti. Saudiyaliklar navbatdagi turni 10 oktyabr kuni Burayda shahrida Singapurga qarshi o'tkazishadi. SHundan so'ng jamoa Falastinga yo'l oladi.
Darvoqe Falastinga borish masalasi hal bo'ldi. Saudiya Arabistoni ushbu mamlakatga Iordaniya orqali yo'l oladi hamda chegaradan o'tishda jamoani ikkita avtobus kutib turgan bo'ladi. Rasmiy shaxslar chegaradan o'tishda futbolchilar hech qanday to'siqqa duch kelmasligini ishonch bilan aytishmoqda.
Quyida Saudiya Arabistoni olib borayotgan mashg'ulot jarayonidan fotosuratlarni keltirib o'tamiz.
Fikrlar