JCH-2022 saralash bosqichi. Guruhimizdagi asosiy raqib mashg'ulotlarni boshladi
02 sen 2019 21:59
Yangiliklar


JCH-2022 saralash bosqichi. Guruhimizdagi asosiy raqib mashg'ulotlarni boshladi
5 sentyabr kuni start oladigan JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund dastlabki turida O'zbekiston terma jamoasi Falastin mehmoni bo'ladi.
Xabaringiz bor, uchrashuv 5 sentyabr kuni bo'lib o'tadi va bizning vaqt bilan 19:00da boshlanadi. Guruhimizdagi eng kuchli va asosiy raqib Saudiya Arabistoni 1-turda dam oladi. SHu bois ular 5 sentyabrda Maliga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.
Saudiya Arabistoni termasi JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan ilk o'yinni 10 sentyabr kuni safarda Yamanga qarshi o'tkazadi. Yangi murabbiy Erve Renar qo'l ostida saudiyaliklar bo'lajak uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlashdi. Franciyalik murabbiy yig'inga 26 nafar futbolchini jalb qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar