JCH-2022 saralash. Arslanmirat Amanov Turkmaniston terma jamoasidan taklif oldi
23 avg 2019 15:15
Yangiliklar


JCH-2022 saralash. Arslanmirat Amanov Turkmaniston terma jamoasidan taklif oldi
28 avgustdan Turkmaniston milliy terma jamoasi ham JCH-2022 saralash bahslariga tayyorgarlikni boshlaydi.
Yosh qo'shnilarimiz ilk turni 5 sentyabr kuni safarda SHri Lanka terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
10 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan 2-tur bellashuvida Turkmaniston o'z maydonida Janubiy Koreya bilan o'ynaydi. Mazkur rasmiy bahslarga "Lokomotiv" yarim himoyachisi Arslanmirat Amanov ham taklif oldi. Turkmaniston futbol federaciyasi klubga Arslanmirat Amanovni 28 avgust - 10 sentyabr kunlari terma jamoa ixtiyoriga yuborishini so'rab murojaat qildi.
Turkmaniston terma jamoasi dastlab Dubayda qisqa muddatli yig'in tashkil etib, shundan so'ng SHri Lanka tomon parvoz qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar