⚡️ JCH-2022. O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi “o'lim guruhi”dan peshqadam sifatida muddatidan oldin 1/8 finalga chiqdi (+jadval)
02 okt 2022 18:26
Yangiliklar


⚡️ JCH-2022. O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi “o'lim guruhi”dan peshqadam sifatida muddatidan oldin 1/8 finalga chiqdi (+jadval)
Bahsda hamyurtlarimiz Qudrat Xudoyqulovning dubli Aziz Abdurahmonov goli evaziga evropa vice-chempionini 3:0 hisobida taslim etishga erishdi. Dastlabki turda esa Evro-2021 bronza medali sohibi Polsha 3:1 natijasi bilan mag'lub etilgandi.
Guruhdagi ikkinchi o'yinda polshaliklar Tanzaniyani yirik (3:0) hisobda ustun kelishdi. SHu tariqa, Rustam Mehmonov shogirdlari “o'lim guruhi”da birinchi o'rinni muddatidan oldin hal etgan holda 1/8 finalga yo'l oldi.
O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasiga keyingi bosqichda A/B/C/D guruhida 3-o'rinni egallagan jamoalardan biri raqiblik qiladi. Mazkur raund bahslari 5 oktyabrga belgilangan. Ungacha esa hamyurtlarimiz guruh bosqichidan o'rin olgan oxirgi o'yinini ertaga, 3 oktyabr kuni autsayder Tanzaniyaga qarshi o'ykazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar