JCH-2022. Kechagi 4 o'yinning eng yaxshi futbolchilari
27 noy 2022 09:35
Yangiliklar


JCH-2022. Kechagi 4 o'yinning eng yaxshi futbolchilari
Kecha, 26 noyabr kuni Qatardagi mundial guruh bosqich 2-turidan o'rin olgan navbatdagi 4 bahs bo'lib o'tdi.
Tunis – Avstraliya 0:1
23-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, “kengurular yurti” vakillariga mundialda 2010 yildan beri ilk g'alabani keltirgan hujumchi Mitchell Dyuk “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi.
Polsha – Saudiya Arabistoni 2:0
Dastlab, Petr Zelinskining goliga hammualif bo'lgan Robert Levandovski keyin mundiallardagi gollar hisobini ochishga erishdi. U uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga ham aylandi.
Franciya – Daniya 2:1
Dublga erishib, Franciyani birinchilardan bo'lib keyingi bosqichga chiqishiga katta hissa qo'shgan Kilian Mbappe o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Argentina – Meksika 2:0
Gol+pasga erishib, jamoasini oldinga etaklay olgan Lionel Messi “man of the match” sovriniga loyiq ko'rildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar