So’nggi yangiliklar

18:20Суперлига. "Динамо" – "Металлург": Асосий таркиблар маълум  0 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  9 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  12 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  7 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  5 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  8

JCH-2022. Urugvay Ganani mag'lub etgan bo'lsa-da, pley-offdan quruq qoldi Yangiliklar

JCH-2022. Urugvay Ganani mag'lub etgan bo'lsa-da, pley-offdan quruq qoldi

Jahon chempionatining 3-turidan o'rin olgan Gana - Urugvay uchrashuvi yakunlandi.

JCH-2022. Gana — Urugvay 0:2

Gollar: Djordjian De Arraskaeta 26', Djordjian De Arraskaeta (Luis Suares) 32'

Gana:  1. Lourens Ati-Zidji, 26. Alidu Seydu, 18. Deniel Amarti, 4. Moxammed Salisu, 17. Abdul Raxman Baba, 5. Tomas Partey, 21. Salis Abdul Samed (8. Daniel-Kofi Kere 72'), 20. Moxammed Kudus (7. Abdul Issaxaku 90+), 10. Andre Ayyu (11. Osman Bukari 46'), 9. Djordan Ayyu (22. Kamaldin Sulemana 46'), 19. Inyaki Uilyams (25. Antuan Semeno 72'). 

Zaxira: 12. Ibragim Danlad, 16. Abdul Manaf Nurudin, 2. Tarik Lempti, 3. Denis Odua, 6. Elisha Ovusu, 13. Daniel Afriye, 14. Gideon Mensa, 15. Djozef Aydu, 23. Aleksandr Djiku, 24. Kamal Sova.

Urugvay: 23. Serxio Rochet, 13. Gilermo Varela, 2. Xose Ximenes, 19. Sebastyan Koates, 16. Matias Olivera, 8. Fakundo Pelistri (7. Nikolas de la Krus 66'), 15. Federiko Valverde, 6. Rodrigo Bentankur (5. Matias Vesino 34'), 10. Djordjian De Arraskaeta (18. Maksi Gomes 80'), 11. Darvin Nunes (24. Agustin Kanobbio 80'), 9. Luis Suares (21. Edinson Kavani 66').

Zaxira: 1. Fernando Muslera, 12. Sebastyan Sosa, 3. Diego Godin, 14. Lukas Torreyra, 17. Matias Vinya, 20. Fakundo Torres, 22. Martin Kaseres, 25. Manuel Ugarte, 26. Xose Rodriges.

Ogohlantirishlar: Darvin Nunes 19', Luis Suares 60', Kamaldin Sulemana 86', Sebastyan Koates 87', Alidu Seydu 90+', Edinson Kavani 90+', Xose Ximenes 90+'

Ghana

World Cup Grp. H . 3-tur

02/12/2022, 20:00

2
:
0
Tugadi

Uruguay

Giorgian De Arrascaeta - 26', Giorgian De Arrascaeta - 32'

Stadion: Al Janoub Stadium, 43443 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
21'  Andre Ayew
46'  Jordan Ayew (Kamaldeen Sulemana)
46'  Andre Ayew (Osman Bukari)
72'  Inaki Williams (Antoine Semenyo)
72'  Salis Abdul Samed (Daniel-Kofi Kyereh)
86'  Kamaldeen Sulemana
90'  Mohammed Kudus (Abdul Issahaku)
90'  Alidu Seidu
20'  Darwin Nunez
26'  Giorgian De Arrascaeta
32'  Giorgian De Arrascaeta
32'  Luis Suarez
34'  Rodrigo Bentancur (Matias Vecino)
60'  Luis Suarez
66'  Luis Suarez (Edinson Cavani)
66'  Facundo Pellistri (Nicolas de la Cruz)
80'  Giorgian De Arrascaeta (Maximiliano Gomez)
80'  Darwin Nunez (Agustin Canobbio)
87'  Sebastian Coates
90'  Edinson Cavani
90'  Jose Gimenez


90+11. O'yin yakunlandi!

90+10. Jarima zarbasi Urugvay ijrosida. Uzoqdan yo'llangan zarbani darvozabon qaytardi.

90+7. Kavanining erlatib uzatgan to'pini Sebastyan Koates darvozaga yo'lladi, biroq to'p darvozaga kirmadi.

90+6. Gana ham tinmayapti! Uzoq masofadan yo'llagan zarbani Rochet qiyinchilik bilan qaytardi!

90+5. Maksi Gomesning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Gana darvozaboni qaytarib yubordi.

90+1. Xo'sh, Urugvay buyog'iga yana bitta gol urarmikin?

90. O'yinning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Havolatib uzatilgan to'pni Kavani boshi bilan darvozaga yo'lladi, Ati-Zidji to'pni ajoyib tarzda qaytardi!

88. Koreya Portugaliyaga ikkinchi golni urdi! Bu degani o'yinlar shu natija bilan tugasa Janubiy Koreya pley-offga chiqadi degani!

81. Moxammed Kudusning uzoq masofadan darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini Rochet qiyinchilik bilan qaytardi.

79. Antuan Semenoning darvoza tomon yo'llagan xavfli zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

71. O'yin tizigini urugvayliklarda. Gana hujumlar uyushtirishga harakat qilmoqda, biroq hozircha o'xshamayapti.

64. Havolatib uzatilgan to'pga Bukari etib bora olmadi.

58. Darvin Nunes Gana terma jamoasi jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ushbu holat VAR orqali ko'rib chiqildi. Hakam yakunda ushbu holatni penaltiga tortmaydi, deya baholadi.

47. Osman Bukarining erlatib bergan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+8. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+5. Havolatib uzatilgan to'pni Ximenes boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq to'p noaniq ketdi.

45. Birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

45. Urugvaydan yana bir hujum, biroq bu safar ham yakunlanmay qoldi.

39. Urugvayliklar goldan so'ng ham tinmayapti. Terma jamoaning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Suaresning havolatib uzatgan to'pini Arraskaeta ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi!

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Djordjian De Arraskaeta hisobni ikkitaga oshirdi! 


31. O'yin tempi yuqori emas. 

Qanotdan uzatilgan to'pni Luis Suares egallab olib darvozaga yo'lladi, darvozabon qaytargan to'pni De Arraskaeta darvozaga kiritdi! 

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Djordjian De Arraskaeta hisobni ochdi!

23. Darvin Nunes darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, uning tepgan to'pini Salisu darvozaga kirayotgan joyida tepib yubordi.

22. Ayyu sheriklaridan ushbu vaziyat uchun uzr so'radi.

21. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ayyu penaltidan unumli foydalana olmadi!!!

Gap shundaki, Ayyuning zarbasidan so'ng to'p Gana futbolchisiga kelib tushgandi, u darvozabondan o'tmoqchi bo'lganda Serxio Rochet uning oyog'iga o'ynagan deb topildi.

18. Penalti! Urugvay darvozasi tomon!

16. Urugvay darvozasi tomon ehtimoliy penalti VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

15. Djordan Ayyuyning darvoza tomon erlatib bergan zarbasini Rochet ushlab oldi.

13. Darvin Nunes raqiblarini aldab o'tib, hujumga o'tib keta olmadi.

9. Suares sherigiga to'pni uzatib, o'zi oldinga qarab yugurdi, biroq Nunesning bergan pasiga Luis etib kela olmadi.

5. Bahsning ilk daqiqalari kutilganidan farqli ravishda sokinroq boshlandi. Hozircha to'p nazorati bo'yicha ustunlik urugvayliklarda.

1. O'yin boshlandi!

Har ikki davlat madhiyalari yangramoqda.

Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика