So’nggi yangiliklar

03:30Евро-2004. Учар ликопчага қиёсланган тўп, инглизни пичоқлаган Вадим Абрамов, келишилган ўйин, қўлқопсиз пенальти қайтарган дарвозабон ҳамда допинг билан турнирнинг энг яхши ўйинчисига айланган футболчи ҳақида ҳикоя қиламиз  0 00:55"Барселона" Нико Уильямс трансфери ўхшамаса, кимни сотиб олиши маълум  0 00:27Пальинья "Бавария" билан тўрт йиллик шартнома имзолайди. Трансфер нархи ҳам маълум (Фабрицио Романо)  0 00:05Ўзбекистон кубоги. "Машъал" – "Қизилқум" 1:3. Highlights  0 23:39Расман: Пётр Зелиньски – "Интер" футболчиси!  1 23:05Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Машъал"ни қўшимча бўлимларда мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  8 22:43Евро-2024. Чорак финалнинг иккала марказий ўйинини англиялик ҳакамлар бошқаради  1 21:52"Манчестер Юнайтед" тахминан 250 нафар ходимини ишдан бўшатади. Тежалган пул эса...  9 21:22Нимели Ўзбекистонда қолмайдиган бўлди  11 20:57Эшитдик-да! "Сурхон" ҳужумчиси "Пахтакор"га ўтди  13 19:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси билан Осиё Кубогида қатнашган қайси футболчилар Олимпиадага бормайди?  33 19:05"Марсель" Канада терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолади  0 18:42"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди. Ҳожимат Эркинов Олимпиада учун қайдномадан ўрин олмади  48 18:27"Рубин" футболчиси билан шартномани бекор қилди  0 18:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Олимпиадада иштирок этадиган таркиби эълон қилинди!  93

⚡️ JCH-2022. Davron Fayziev, Eldor Mustafoev, Diyor Imomxo'jaev, Murod Rizaev va boshqa sharhlovchilarning mundial oldidan fikrlari qanday? Yangiliklar

⚡️ JCH-2022. Davron Fayziev, Eldor Mustafoev, Diyor Imomxo'jaev, Murod Rizaev va boshqa sharhlovchilarning mundial oldidan fikrlari qanday?

Kun davomida Qatardagi boshlanajak mundialga doir qiziqarli malumotlarni berib bormoqdamiz.

Navbatdagi materialimiz esa sharhlovchilarning fikri asosida tayyorlandi. Ularning JCH-2022 oldidan bildirgan taxminlarini etiboringizga havola etamiz.

Davron Fayziev

CHempion: Braziliya

"Tarkib bo'yicha, mantiq bo'yicha ham oladigan bo'lsak, Braziliya kuchliroq ko'rinmoqda. Nimaning hisobiga? 2-3 yulduz hisobiga emas, chiziqlar o'rtasida teng balans bor. Oddiy mana darvozani olsak, ikki top kiper. Boshqa yulduzli jamoalarda darvozabon yaxshi, lekin eng zo'r kiperlari qatorida emas. Misol uchun, Argentinaniki ham, Franciyaniki ham kirmaydi, boshqa yulduzli jamoalarda ham. SHu tufayli, Braziliya kuchli ko'rinmoqda, lekin jamoa sifatida shakllanish borasida Angliya ham xavfli, deb o'ylayapman. CHunki, ular sekin-sekin shu darajaga etib keldi. Sautgeyt yosh avlodni tarbiyalab, hozirgi darajaga olib chiqdi. Biroq, Sautgeytga ishonch kamroq, mana shu to'sqinlik qilishi mumkin".

Muxlislik: – 

"Aniq bir jamoaga emas-u, Argentina va Portugaliya finaliga muxlislik qilaman. Yani, shu ikki jamoani finalga etib borishini xohlayapman. Endi o'zingiz ham bilasiz negaligini... SHu final bilan hammasi yakun topishi kerak. Yani, 10 yil davomida, undan ham uzoqroq vaqtda bitta serialni ko'rib-ko'rib, oxiri nima bilan tugashi qiziq bo'ladi-yu, shu kulminaciya bo'lardi. Lekin, hayot serialdan farq qiladi. SHuning uchun bu final bo'lmasligining ehtimoli katta".

Eldor Mustafoev

CHempion: favoritlar ko'p

"Qaysi jamoa chempion bo'ladi? Juda ham qiyin savol. Har doimgidek, Braziliya, Argentina, Germaniya favorit. Kutilmagan jamoa bo'lsa yaxshi bo'lardi. Belgiya, Niderlandiya o'zini ko'rsa olsa, ancha qiziqarli o'yinlar bo'lishi ehtimoli ko'proq. Portugaliya ham o'zgacha tarkibga ega. To'g'risi, Portugaliyadan ko'p narsa kutmoqdaman. Balkim sensacion chempionlikni qayd etish ehtimoli ham yo'q emas.

Franciya haqida juda ko'pchilik gapirmoqda. SHaxsiy fikrimcha, Franciya termasidagi muhit juda “zo'r”ga o'xshamayapti. Sababi, futbolchilar “yulduzlanib” ketgan, bir-birini xurmat qilmay qo'ygandek ko'rinmoqda menga. Germaniya, Braziliya, Argentinada esa futbolga nisbatan boshqacha mentalitet shakllangan. Agar Portugaliya men taxmin qilgan natijani qayd etmasa, mana shu uchchalasining orasida Germaniya ko'proq imkoniyatga ega bo'lsa kerak, deb o'ylayman.

Ispaniya qolib ketdi-ku, deb o'ylasangiz, bilmadim. Yangi tarkib boshqa-boshqa futbolchilar bilan to'ldirilmoqda. Lekin, o'sha Ramos kabi o'yinchilarga o'rganib qolganim tufayli, Ispaniyaning imkoniyatini biroz pastroq baholayotgandirman. Ammo ispanlardan ko'p narsa kutmayapman.

Yana kimlar bor? Afrika jamoalari mundialni har safargidek o'tkazsa kerak".

Muxlislik: Qatar

"Qaysi termaga muxlislik qilasiz? debsiz. Turkiya edi, ammo ular O'zbekiston kabi choponni kiyib, mazza qilib televizordan futbolni ko'radigan bo'lib turibdi. SHuning uchun, bilmadim... Biroz qiziq bo'lgani uchun, jamoalarimiz bilan o'ynayverib, yaqinroq bo'lib qolgani tufayli mezbon Qatarga muxlislik qilib ko'rish niyatim bor. Ko'ramiz, Inshaallah! Ham bir tomoni Osiyo, ham bir tomoni asosiysi musulmon yurti bo'lgani uchun.

Jahon chempionatida bir narsa o'ylantirmoqda – VAR masalasi. Bu klassik futbolni ancha o'zgartirib yubordi. Agar, chempionatda VAR bilan bog'liq holatlarda vaqt ko'p to'xtab qoladigan bo'lsa, shaxsan men VAR tizimini o'zini-o'zini oqlamagan deb qabul qilaman. Boisi, o'zimizning Superligada 11 daqiqagacha o'yin to'xtab qoldi. Rossiyani ko'rdim, maksimal tarzda tezroq hal qilishga harakat qilishmoqda, ammo ularda ham vaqt masalasida muammolar bor. Evropa esa tez o'zlashtirishga intilmoqda, balki, ularning imkoniyatlari yuqoridir.

Mana shu mundialdagi VAR tizimi agar reglamentdagidek ideal ishga solinsa, Qatardagi Jahon chempionatida aynan VAR borasida master-klass o'tkazgan bo'lardi, deb o'ylardim. SHuni kutyapman ham, shunday bo'lishi kerak. Qanday standartni, muvozanatni belgilab berishi kerakdek tuyulyapti.

Keyin ko'pchilik Ronaldu bilan Messini gapirmoqda, yana o'sha taqqoslash... To'g'risi, kimga qanday bilmadim-u, ikkisi ham hech narsa qila olmaslik ehtimoli ko'proqdek ko'rinmoqda.

Yorqin yulduz sifatida porlashi kutilayotgan futbolchilar ko'p, ularning etakchisi esa Mbappe. Yoki Joau Felish... Braziliya chempionatidan termaga jalb qilingan futbolchilar. SHu maqomni qo'lga kiritish imkoniga ega, Mbappe esa ulardan ancha ustun. SHu boladan nimadir chiqishini kutmoqdaman. Yani, terma jamoani yuqoriroq bosqichlarga etib borishi bilan bog'liq holat bor. SHu tufayli, mazkur tarafga ham qiziqish bor. Men uchun jahon chempionati intrigasini ko'tarib beradi degan hayolda va umiddaman.

Qozog'iston bilan o'ynadik, keyin Rossiya bilan. Qozog'iston TJ murabbiy bilan gaplashgandim. Karpinning o'yindan oldinga intevyusida ham bir narsa bor ekan, yani, bugungi zamonaviy futbolda mintaqa tanlanmayapti. Bu Afrika ekan, bu Osiyo ekan, bu Evropa ekan... Ha, Evropaning darajasi balanddir, lekin, Lotin Amerikasi, Osiyo ham ancha shakllandi. Quyi o'rinda kelayotgan Osiyo ham tenglashib olgandek ko'rinmoqda. Nazarimda, Osiyo termalari ham nimadir ko'rsatishga qodir ko'rinmoqda. 

Faqat Eronga bo'lgan munosabat termani potencialini ko'rsatishga imkon bermasa kerak. Hamjamiyat ularga qarshi, balkim, ular buni engib o'tish ehtimoli ham yo'q emas. Ammo enga olmaslik ehtimoli ko'proq. CHunki, bizdek yoshi kattaroq insonlar Sobiq Ittifoq o'yinlarini juda ko'p ko'rganmiz: Olimpiada, JCH, Evropa chempionati... Bosimlar bo'lgan, nohaqliklar bo'lgan. O'zimning o'tmishimdan kelib chiqib, fikrlashga majburman, yani, o'sha davrni yomon ko'rsam ham, mana shunday voqealarga guvoh bo'lganmiz deb aytmoqchiman. CHunki, o'sha vaqtda Sobiq Ittifoqni juda ko'p tahqirlashga harakat qilishardi. Bu dunyo siyosatidagi mavjud holat, Eron ham xuddi shunday vaziyatda hozir. SHuning uchun, Eron, J.Koreya, Yaponiyadan emas, nima uchundir Qatar boshqacha ko'rinmoqda. Sababi, mamlakat Xavi kelishidan oldin ispan futbolini joriy qilishga kirishgan, keyin uni olib kelib biroz to'ldirgandek bo'ldi. Osiyoning boshqa jamoalariga qaraganda, menga Qatar TJ yorqinroq ko'rinmoqda. Qolaversa, yana bir jihati bor qatarlik futbolchilar anchadan beri terma jamoada birgalikda harakat qilib kelmoqda. Yuqoridagi qitaviy terma jamoalarning darajasi nuqtayi nazaridan, Osiyoga qiziqishim va osiyolik bo'lganim, simpatiyam Qatarga bo'lgani uchun ularga to'xtalmoqdaman. Yana bir jihat bor, S.Arabistonidagi holat. Ularda ham shunga o'xshash ko'rinish, adashmasam, golland futbolini sinovdan o'tkazishga harakat qilishmoqda. Juda kuchli, o'sha JCH-2022 saralashidagi bizga qarshi o'yinlar. Balki, ularning “ketmoni uchib” qolar".

Otabek Jo'raev

CHempion: favoritlar ko'p

"Qaysi jamoa g'olib bo'lishini esa Xudo biladi. Buni taxmin ham qilolmayman. Favoritlar esa o'sha-o'sha: agarda birinchi eshalonni gapiradigan bo'lsam, Braziliya bilan Argentina termalari. Avvalambor, Braziliya TJ, ikkinchi Argentina va ularning yonida Franciya bor. Franciya o'yin bo'lmasada, jamoa juda kuchli. Individual kuchli futbolchilardan iborat bo'lgan kuchli terma. SHuning uchun Franciya ham yuqorida bor va Germaniya, Ispaniya, Angliya, o'yini zo'r shakllangan Niderlandiya hamda Portugaliya bor. Mana shu jamoalar chempionlikka davogarlar qatorida. Ammo asosiylari Braziliya, Argentina va Franciya bo'lishi mumkin".

Muxlislik:  

"Hech kimga muxlislik qilmayman. Faqatgina simpatiyalarim bo'ladi. Ular ham OFK termalariga: Saudiya Arabistoni, Qatar, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya. CHunki, Osiyodagi qo'shnilarimiz hisoblanaishadi. OFKdan ishtirok etadigan jamoalar qancha ular kuchli bo'lsa, shuncha O'zbekistonga yaxshi bo'ladi. SHu tufayli ularga simpatiya bor, ammo hech qanday muxlislik bo'lmaydi".

Murod Rizaev

CHempion: Argentina, Braziliya, Franciya

Muxlislik: Argentina, Germaniya

Diyor Imomxo'jaev

CHempion: Braziliya

“Tahmin qilish qiyin. Ammo Braziliyaning tarkibi qolganlarnikidan kuchliroq deb bilaman”.

Muxlislik: Osiyo termalari, Argentina, Angliya

“Osiyoning barcha terma jamoasiga. Argentina va Angliyaga ham simpatiya bo'lsa kerak”.

Sardor Rahimov

CHempion: Braziliya, Angliya, Argentina, Germaniya

Muxlislik: Angliya

“Menimcha, hozir Franciyani olib tashlaymiz, chunki, asosiy o'yinchilaridan maxrum bo'ldi. Braziliya, Angliya, Argentina va har doimgidek Germaniya. Fikrimcha, mana shu to'rttadan bittasi g'olib bo'ladi. Bu mening fikrim.

Muxlislikka kelsak, doimo Angliya ishqibozlik qilaman. Braziliyada ham o'yin zo'r, saralash musobaqasida ko'rdik. Juda ko'p o'yinchilari yuqori tonusda. Umuman chempionat kuchli bo'lsa kerak. Evropada o'ynaydigan hamma futbolchilar yuqori formada. Ayni dam eng cho'qqiga chiqqan payti, ayrimlar bundan xafa bo'lsa kerak, menimcha. Ikkinchi jihati esa Germaniyada har doim o'yin bo'lgan. Bundan keyin ham bo'lsa kerak. Angliyada tanqid ko'p-u, menimcha, ular ham hech kimga bo'sh kelmasa kerak. Har doimgidek Argentina: hozirgi zamonaviy tarkibi ularniki ham kuchli, saralashda ham boshida biroz qiynaldiku, ammo keyin o'ziga kelib olgan terma jamoalardan biri hisoblanadi”.

Hasan Turdialiev

CHempion: favoritlar ko'p

"Bu safar favoritlar ko'p. Braziliya va Argentinaning hujum chizig'i oxirgi yillarga nisbatan ancha kuchaydi. Titedagi tarkib menimcha hech kimda yo'q. Skaloni esa jamoaning o'yinini ancha epaqaga keltirib qo'ydi. Angliya ham katta musobaqalarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olmoqda. Bu safar Sautgeyt jamoasida o'yin taqdirini bir o'zi hal qilishi mumkin bo'lgan Bellingem, Foden, Saka, Maunt singari yoshĺar ham bor va ular ancha pishib qoldi. Franciya esa biroz qiynalsa kerak deb o'ylayabman. Jarohatlar baribir o'z so'zini aytsa kerak. Francuzlarning qanday natija qayd etishi Mbappe va Dembelening o'yiniga ko'proq bog'liq bo'ladi deb o'ylaman. Benzema esa hali to'liq tiklanmagan va formada emas chog'i. Portugaliyadagi tarkib ham so'zsiz o'zini ko'rsatishi aniq. Faqat Santush halal berib qo'ymasa. Niderlandiya va Serbiya esa hammaga boshog'riq bo'la oladigan jamoalar. Bu ketishda hammani sanab chiqaman) Qisqasi bu safar o'tgan mundialga o'xshab bitta, yaqqol favorit yo'q. Balki favoritlar bor".

Muxlislik:  

"Biror terma jamoaga muxlislik qilaman deya olmayman. Ammo Braziliyada bu hujumchilarni o'yinini ko'proq ko'rgim kelyapti. Tite tarkib tanlashdagi bu yoqimli boshog'riqdan qanday chiqib ketar ekan ? SHunisi qiziq.

Xulosa. Bu safar yuqorida aytganimdek favoritlar ko'p va bu mundial so'nggi 4-5ta mundialdan o'yinlarning darajasi tomondan ancha qiziqarli o'tadiganga o'xshamoqda. Tashkilotchilik shunga munosib bo'lsa zo'r bo'lardi".

Zuhriddin Qilichev

CHempion: favoritlar ko'p

Muxlislik:

“Jahon chempionatida “E” hamda “G” guruhlida kuchli terma jamoalar jamlanib qolgan. “E” to'rtligiga etibor qaratsak: Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya va Yaponiya. Bu terma jamoalardan Kosta-Rika autsayder bo'lishi mumkin, qolgan uch terma jamoa o'rtasida pley-off uchun kurash qiziqarli ko'rinish oladi. SHuningdek, Braziliya, Serbiya, SHvecariya va Kametun o'rtasida o'yinlar ham qiziqarli bo'ladi. 

Bu galgi JCH qishda bo'lib o'tmoqda. Kutilmagan natijalar ko'p bo'lsa kerak. Uchlikni sanash qiyinroq, fikrimcha 6 terma jamoada imkoniyat yaxshiroq: Angliya, Argentina, Franciya, Ispaniya, Germaniya, Braziliya.

Yuqorida yozganimdek, Yaponiya qiyin guruhga tushib qoldi. Mezbon Qatar, Eron va Janubiy Koreyada guruhdan chiqish imkoniyatlari yaxshiroq, deb hisoblayman.

Kilian Mbappe porlashi mumkin. Messi, Ronaldu, Neymar uchligidan o'z terma jamoasida Leo kattaroq figura. Portugaliyada Ronaldu, Braziliyada Neymar asosiy planda bo'lmasa kerak". 

Orif Tolipov

CHempion: favoritlar ko'p

"Musobaqada qaysi jamoa chempion bo'lishini taxmin qilish qiyin. Favoritlar doimgidek ko'p. Braziliya, Argentina, Germaniya, Franciya, Portugaliya, Angliya, Niderlandiya va bu hali hammasi emas. SHuning uchun g'olibni taxmin qilish bu lotereyadek gap. To'g'ri chiqsa omaddan bo'ladi, tahlilni kuchli qilgandan emas".

Muxlislik:  

"Kasb etibori bilan ko'plab hamkasblarimiz qatori menda ham klub yoki terma jamoaga qiziqish, muxlislik qilish so'nib bo'lgan. Bolalikda esa Angliyaga muxlislik qilardim".

Sanjar Mahmudxonov

CHempion: favoritlar ko'p

"Jaxon chempionatida qaysi terma jamoa chempion bo'lishini taxmin qilish juda ham qiyin. Yagona favorit bunday darajadagi turnirlarda bo'lmaydi. Braziliya, Germaniya, Argentina, Franciya, Portugaliya va Niderlandiya termalarini imkoniyatini qolganlarga nisbatan yuqori qo'ygan bo'lardim. O'zini qolganlardan ustun qo'yib “biz favoritmiz” degan terma jamoalar uzoqqa bormaydi bunday yondashuvda. Ko'p terma jamoalar turnirga tayyor va zo'r formada kelgan, unvonni yutish uchun kuchli raqobat bo'ladi".

Muxlislik: Yaponiya

"Yaponiya terma jamoasiga simpatiyam bor. “Ko'k samuraylar” terma jamoasiga xurmatim doim baland bo'lgan. Uzoq vaqtdan buyon yaponlarning o'yinini kuzatib boraman. Ularga omad tilayman!".

Dilshodbek To'xtabekov

CHempion: Braziliya, Argentina, Germaniya

"Braziliyani imkoniyati yaxshiroq bo'lsa kerak. Yana Argentina, Germaniya ham zo'r".

Muxlislik: – 

"Birontasiga atayin muxlislik qilmayman".

Umid Ro'ziev

CHempion: Portugaliya, Franciya, Germaniya, Argentina

"Taxminim Franciya, Portugaliya, Germaniya va Argentina favorit. Menimcha, Portugaliya chempion bo'lsa kerak. Portugaliya yoki Argentina. Ikkisidan birini taxmin qilmoqdaman. U erda terma jamoalarda alohida shaxslar bor. Har doim emas-ku, ammo, ko'pincha mana shunday shaxslar, termadagi etakchilar jamoani chempionlikkacha etaklay olgan".

Muxlislik: – 

"Men muxlislik qiladigan terma jamoa musobaqada qatnashmayapti. SHuning uchun, hech qaysi ishtirokchiga ishqibozlik qilmayman. O'ziga xos Jahon chempionati bo'lmoqda. Deyarli qish mavsumi kirib keldi. Boshqacha bo'lsa kerak, ko'p narsa kutmoqdamiz bu mundialdan. Ishonamizki, qiziqarli jahon chempionatlaridan biri bo'ladi, xuddi, 1998 yildagiga o'xshab".

Abdulla Nurmonov

CHempion: favoritlar ko'p

“Davogarlar ko'p. CHunki, jahon chempionatiga juda kuchli tarkib bilan kelayotgan terma jamoalar anchagina: Braziliya, Ispaniya, Franciya, Argentina, Germaniya. Doimgidek, mazkur termalarda tarkib yaxshi va ayni paytda jahon chempionatigacha bo'lgan o'yinlariga etibor qaratadigan bo'lsak, o'yin ham bu terma jamoalar yaxshi yo'lga qo'yilgan.

Endi nisbatan imkoniyati yuqoriroq terma jamoalarga to'xtalishim mumkin. So'zsiz, Braziliya. Mukammal tarkib bilan kelmoqda. Menimcha, nihoyat 20 yildan keyin bu mundial yana Braziliyaga atalashi mumkin. Braziliya 2002 yil g'olib bo'lganda, u erda katta nomlar, yulduzli tarkib o'ynagandi. Oxirgi 2 JCHda hujum chizig'ida muammolar bo'ldi. To'g'ri, doimo Braziliyada istalgan chiziq kuchli bo'lgan. Lekin, oxirgi 4 yilda Braziliyaning hujum chizig'ida yoshlar ulg'ayib, terma jamoaga kirib keldi. Hozirgi tarkibga chaqirilgan hujumchilarning deyarli hammasi o'zlari uchun birinchi mundialda ishtirok etadi va jahon chempionatiga qadar termada asosiy futbolchilarga aylanishdi. Endi himoya va yarim himoya chizig'i haqida ortiqcha gapirib o'tirish shart emas. SHuning uchun, Braziliyaning imkoniyatlarini eng yaxshi deb baholayman.

SHuningdek, Ispaniya TJ o'tgan Evroda o'zini ko'rsatdi. Yangi avlod shakllandi va bu terma jamoa katta musobaqaga tayyor deb o'ylayman. Ispanlar jahon chempionligiga davogarlardan biri. Endi har doim tartibli o'yin ko'rsatadigan, jamoaviy o'yinni ustun qo'yadigan Germaniya ham davogalar qatorida. Belgiya terma jamoasiga ham to'xtalib o'tmoqchi edim, g'oliblikka davogar bo'lmasa ham, mundialni eng qizitadigan jamoalardan biri bo'lishi mumkin. Oxirgi 2 mundialda Belgiya termasidagi o'yinchilar ulg'aydi, nisbatan yosh edi. Hozirgi tarkibga etibor qaratsak, so'nggi ikki JCHda qatnashgan futbolchilar to'plangan. Tajriba to'plab, biroz ulg'ayib kelmoqda musobaqaga belgiyaliklar. So'nggi 2 jahon chempionatida g'oliblik uchun davogarlar qatorida bo'lishgan, ayniqsa, 2018 yilgi mundialda ulardan ko'p narsa kutilgandi. Lekin, jamoa yarim finalga chiqdi, ammo chempion bo'la olmadi. Bu safar ham yaxshi natijaga erishishlari mumkin.

Muxlislik:

Albatta, chiroyli futbolga. Biror bir terma jamoaga muxlislik qilmayman. Ammo har bir JCHda bu kuzatiladi, qaysidir terma jamoa kamtarin tarkib bilan keladi, favoritlar qatorida etirof etilmaydi, lekin mundial davomida muxlislar mexrini qozona oladi. O'ylashimcha, JCH-2022da ham shunday terma jamoa topiladi va ana shunday termaga muxlislik qilaman. Bu qaysi jamoa bo'ladi, to'g'risi, bir narsa deyish qiyin.

Abror Jo'raqulov

CHempion: Braziliya, Argentina, Franciya, Portugaliya

Ko'p joyda shu savol berilyapti. Braziliya, Argentina, Franciyani ko'rsatyapman. Ammo yaqindagi voqealardan keyin Portugaliya ham nimadir qilishi mumkin deb o'ylayapman. Ronaldu nima qilishni biladi). Qatarda umuman boshqa sharoit, boshqa fasl ekanini unutmasligimiz kerak. Bu natijaga tasir qilib, umuman boshqa CHempionni ko'rishimiz mumkin.

Muxlislik: 

Men mazza qilib futbol ko'rmoqchiman. Men uchun har bir jamoada ko'plab intrigalar bor. Ikki yoki uch termaga muxlislik qilib qolgan voqealardan fokusni qochirishni xohlamayman. Har bir uchrashuv qiziq bo'lsinki, ularni sog'inib eslab yuray deyman.

Muhammadiyor Soliev

CHempion: Braziliya

"Braziliya. Tarkib nuqtayi nazaridan va avloddagi futbolchilar allaqachon bir jamoa bo'lib shakllangani uchun".

Muxlislik: Daniya

"Daniya terma jamoasi so'ngi Evropa chempionatida iroda ko'rsata oldi. Mundialga tashrif buyurayotgan skandinaviyaliklar tarkibi ham yaxshi futbolchilardan tashkil topgan. Daniya ayni payt favorit ham autsayder ham emas. Bunday jamoa o'yinini kuzatish qiziq bo'ladi".

Abdurashid Odilov

CHempion: Franciya

G'oliblikka asosiy davogar sifafida Franciyani aytishim mumkin. “Le Blu”ni to'xtatish oson bo'lmaydi.

Muxlislik:

Kasb etikasi nuqtai nazaridan ikkinchi savolingizga javob bera olmayman. Jiddiy muxlislik qiladigan jamoam ham yo'q aslida. Faqat ozroq simpatiya uyg'ota oladigan jamoalar bor. Lekin O'zbekiston Mundialga chiqsa, hamyurtlarimizga muxlislik qilishim aniq. Demak, hali beri JCH da biror jamoaga tom manoda muxlislik qilmasam kerak)) Javoblarni saqlab oling afsuski keyingi 4 yillikning eng nufuzli turnirida ham javoblar dolzarbligini saqlab qolishi mumkin.

*Qo'ldan kelgancha barcha sharhlovchilarga aloqaga chiqdik, ularning bir qismidan esa ish va boshqa sabablar tufayli fikr olishning iloji bo'lmadi.

⚡️ JCH-2022. “Championat.asia” saytining 30 ga yaqin xodimi mundial oldidan o'z taxminlarini bildirishdi (+reyting) 

⚡️ JCH-2022. 1-tur taqvimi va ularda ishlaydigan sharhlovchilar ro'yxati 

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика