JCH-2022. Bugunning ilk uchrashuvi Angliya - Eron o'yiniga prevyu
21 noy 2022 15:33
Yangiliklar
JCH-2022. Bugunning ilk uchrashuvi Angliya - Eron o'yiniga prevyu
Inglizlar o'z guruhining favoriti, biroq chempionlik uchun imkoniyatlari katta emas. Eron uchun esa guruhdan chiqish katta natija bo'ladi.
Sautgeytda ikkita uslub bor: Uchta markaziy himoyachi bilan o'ynaydimi yoki sevimli 4-2-3-1 uslubidami?
Sautgeyt doimiy ravishda taktik o'zgarishlarni amalga oshirmoqda.Evro-2020da 4-2-3-1 taktikasida harakat qildi. Jahon chempionati saralashida esa 4-3-3da harakat qildi. Millatlar ligasida esa 3-4-3 uslubidan foydalandi. Oxirgi uslub esa omadsizlik deb atash mumkin.
Inglizlar murabbiyi sevimli uchlik himoyadan foydalana olmasa kerak. CHunki unda yaxshi darajadagi uchta markaziy himoyachi yo'q. SHu sababli ham Garet bu jahon chempionatida 4-3-3 taktikasidan foydalanish imkoniyati yuqoridek.
Inglizlarning tayyorgarligi savollarga sabab bo'lmoqda. Ular so'nggi oltita o'yinda g'alaba qozonishmadi.
CHempionlik uchun favorit jamoalar orasida aynan inglizlar chempionatga juda yomon statistika bilan kelishmoqda. So'nggi oltita o'yinda g'alaba qozona olishmadi. Bunday yomon statistika so'nggi 29 yil ichida ilk bor sodir bo'ldi.
Eron turnirning eng shov-shuvli ishtirokchilaridan biri bo'ldi: ularni hatto chempionatdan chetlatishmoqchi ham edi
Eron terma jamoasi Qatarga kelmasligi mumkin edi. Oxirgi haftalarda eronliklar chetlatilib, o'rniga boshqa jamoalar kelishini istashlari haqida doimiy mish-mishlar tarqaldi. Gap shundaki, mamlakatda inson huquqlari buzilgani uchun norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda. Hatto bazi faol o'yinchilar ham ularni qo'llab-quvvatladi va terma jamoa afsonasi, uning eng yaxshi to'purari Ali Dai panjara ortiga qamaldi degan mish-mishlar ham tarqaldi. Namoyishlarni qo'llab-quvvatlamagan futbolchilar hatto prezident bilan uchrashuvga ham taklif qilinmagan.
Serdar Azmunning ahvoli ham yaxshi emas: u nafaqat rasmiylarni tanqid qildi, balki turnirga jarohat bilan keldi
Serdar Azmun 14 o'yinda 10 ta gol urib, saralash bosqichida Eronning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Bu boshqa bir yulduz Mehdi Taremidan ikki baravar ko'p. Azmun “Baer«da juda kam o'ynadi, biroq u terma jamoa uchun juda muhim o'yinchi bo'lib qolmoqda. Uni yo'qotish terma uchun jiddiy zarba bo'ladi. Azmun sentyabrdan beri maydonga tushmadi. U jarohat sababli turnirni o'tkazib yuborishi ham mumkin edi. Biroq Keyrush Azmuni olib ketishga qaror qildi. Uning bugungi o'yinda tushmasligi deyarli aniq.
Terma jamoalarning o'yin uslubi
Teparoqda aytilgandek, Garet Sautgeytda taktik tanlash imkoni katta emas. U katta ehtimol bilan 4-3-3 uslubidan foydalanadi. Inglizlar bugungi bahsda birinchi raqamli jamoa bo'lib harakat qilishga urinadi. Ular iloji boricha tezroq gol urishga intilishadi.
Eron esa asosan 4-3-3 yoki 4-5-1 sxemasidan foydalanadi. Bugungi raqib Angliya ekanligini hisobga olsak, Eron termasi katta ehtimol bilan bugun ikkinchi uslubdan foydalanadi.
Hakamlar
Angliya - Eron o'rtasidagi o'yinni Rafael Klaus boshqarib boradi.
Bosh hakam: Rafael Klaus (Braziliya)
Qanot hakami 1: Rodrigo Figeyredo (Braziliya)
Qanot hakami 2: Danilo Simon (Braziliya)
Zaxira hakami: Kevin Ortega (Peru)
Jamoalarning so'nggi besh uchrashuvidagi statistikasi
England Jude Bellingham - 35', Bukayo Saka - 43', Raheem Sterling - 45', Bukayo Saka - 62', Marcus Rashford - 71', Jack Grealish - 90' |
World Cup Grp. B . 1-tur 21/11/2022, 18:00 2
:
6
Tugadi
|
Iran Mehdi Taremi - 65', Mehdi Taremi - 90' |
Stadion: Khalifa International Stadium, 45334 tomoshabin
Bosh hakam: Raphael Claus
Fikrlar