So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

JCH-2018. Kolumbiya g'alaba qozondi va guruhda peshqadam bo'ldi Yangiliklar

JCH-2018. Kolumbiya g'alaba qozondi va guruhda peshqadam bo'ldi

JCH-2018 "H" guruhida 3-tur bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Senegal va Kolumbiya terma jamoalari o'zaro kurash olib bormoqdalar. Uchrashuvdagi qiziqarli vaziyatlarni shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Senegal

World Cup Grp. H . 3-tur

28/06/2018, 20:00

1
:
0
Tugadi

Colombia

Yerry Mina - 74'

Stadion: Cosmos Arena, 41970 tomoshabin

Bosh hakam: Milorad Mazic

45'
90'
51'  M'Baye Niang
74'  Youssouf Sabaly (Moussa Wague)
80'  Keita Balde (Moussa Konate)
86'  M'Baye Niang (Diafra Sakho)
31'  James Rodriguez (Luis Muriel)
45'  Johan Mojica
74'  Yerry Mina
74'  Juan Quintero
83'  Mateus Uribe (Jefferson Lerma)
89'  Radamel Falcao (Miguel Borja)


- O'YIN TUGADI! Kolumbiya g'alaba qozondi va nimchorak finalga yo'l oldi! 


88. Senegal shoshilmoqda, ularni gol yoki narigi o'yindagi Polshaning kiritishi mumkin bo'lgan ikkinchi goli qutqarib qolishi mumkin

82. Kolumbiya darvozaboni Ospina Senegal hujumlarini bartaraf etishda jonbozlik ko'rsatmoqda.

80. Senegal juda katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. CHunki ayni paytda ular turnir jadvalida Yaponiya keyingi o'rinda. Ochkolar, to'plar nisbati va kiritilgan gollar soni bir xil. Ogohlantirishlar soni Senegalda ko'pligi sababli, ayni paytda onlayn jadvalda Yaponiya Senegaldan tepada turibdi!

76. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Senegal katta kuch bilan hujumga o'tdi. Ospina jamoasini qutqarmoqda.

74. GOLLLLLLLLLLLLLLLL! YERRI MINA! Jarima maydonchasi ichida oshirilgan to'pga yana o'sha kolumbiyalik markaziy himoyachi Yerri Mina labbay deya javob qaytardi va to'pni boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi - 0:1!

70. O'yin tempi past.

66. Kolumbiya burchak zarbasini amalga oshirdi. Kinteroning oshirgan to'piga Falkao boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

64. Sadio Mane jarima zarbasini tepish chog'ida sirpanib tushdi va zarba noaniq ketdi.

60. Narigi o'yinda Polsha hisobni ochdi. Agarda mazkur bahsda durang qayd etilsa va Yaponiya mag'lubiyatga uchrasa, unda ushbu guruhdan Senegal va Kolumbiya keyingi bosqichga yo'l oladi.


Uchrashuvni 41970 nafar tomoshabin kuzatmoqda


50. Kolumbiya oldinga o'tmoqchi, ammo hozircha ularning hujumdagi ishlari yurishmayapti.

46. Ikkinchi taym boshlandi!


Xames Rodriges almashtirilganidan keskin norozi bo'ldi va to'g'ri kiyinish xonasiga kirib ketdi. U hatto bosh murabbiy Xose Pekermanning yupatishiga parvo ham qilmadi, murabbiyga qaramadi ham.


Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha uchrashuvda hisob ochilmadi.

45 - Ismailla Sarrga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Xoan Moxika ogohlantirildi.

40 - Xoan Moxika oddiy vaziyatda kichik jarohat oldi.

37 - Salif Sane uzoq masofadan belgilangan jarima zarbasini juda kuchli tepdi, zarba qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq bo'ldi.


Senegal - Kolumbiya o'yinini bevosita "Kosmos Arena"dan "Bunyodkor" muxlislar klubi etakchilari va SA xodimi Jahongir Sotvoldiev ham kuzatib borishmoqda.


31 - Kutilmaganda Kolumbiya bosh murabbiyi Xose Pekerman o'yini o'xshamayotgan Xames Rodrigesning o'rniga maydonga Lus Murielni tushirdi.


Avvaliga penalti belgilanib, keyin VAR tizimi sabab bekor qilingan vaziyat.


27 - Balde Keyta aylanma zarba berdi, lekin Ospinaning qo'liga bordi to'p. 

25 - Zarba, Falkaoning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi. Radamel zarba berguncha o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.

18 - Yo'q, hech qanday penalti belgilanmadi, aniqrog'i u bekor qilindi. Milorad Majich videotakrorni ko'rganidan so'ng o'zi belgilagan 11 metrlikni bekor qildi. 

16 - Penalti. Davinson Sanches Sadio Maneni yiqitdi. VARga murojaat qilindi. Majich vaziyatni ko'rgani ketdi.

15 - Yussuf Sabali Kuadradoga nisbatan qo'pol o'ynadi


Kolumbiya muxlisasining Kinteroning zarbasiga reakciyasi )


12 - Zarbaaa, Kinteroning jarimadan chap oyoqda tepgan to'pini Ndiaye bir amallab burchakka chiqarib yubordi.

11 - Kulibali havoda to'p uchun kurashda Falkaoga nisbatan  juda keskin o'ynadi va xavfli nuqtadan jarima zarbasi.

Bugungi to'qnashuvda g'olib bo'lgan jamoa pley-offga yo'l oladi. Durang qayd etilsa, Senegal aniq guruhdan chiqadi, Kolumbiyaning taqdiri esa narigi uchrashuvga bog'liq bo'lib qoladi.

8 - Arias Nyangga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

Bugungi uchrashuvda hamyurtimiz, OFK va FIFA komissari Olim Arifov komissarlik qilmoqda.


Kolumbiya terma jamoasi esa 4-2-3-1 sxemasida bahsni boshladi.


Bugun Senegal 4-4-2 sxemasida o'yinni boshladi.


3 - Senegal hujum qilishni, uning muxlislari esa raqsga tushishni boshlab yuborishdi.

Uchrashuvga start berildi, bahsni senegalliklar boshlab berishdi. Bugun Senegal yashil, Kolumbiya esa sariq liboslarda maydonga tushgan.

- Har ikkala davlat madhiyalari yangrab o'tdi. Jamoa sardorlari o'yinni kim boshlashini aniqlab oli shdi.


Senegal muxlislari.


- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun sizlar bilan birgalikda Senegal hamda Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi bellashuvni kuzatib boramiz.


JCH-2018
"H"
guruhi, 1-tur
"Kosmos Arena"
Senegal - Kolumbiya 0:1
Bosh hakam:
Milorad Majich
Gol: Yerri Mina (74)

Senegal: 16.Xadim NDiaye, 3.Kalidu Kulibali, 6.Salif Sane, 12.Yussuf Sabali, 21.Lamin Gassama, 5.Idrissa Gana Guye, 20.Balde Keyta, 8.SHeyxu Kuyate, 10.Sadio Mane, 18.Ismaila Sarr, 19.Mbaye Nyang.

Kolumbiya: 1.David Ospina, 4.Santyago Arias, 13.Yerri Mina, 23.Davinson Sanches, 17.Xoan Moxika, 6.Karlos Sanches, 15.Mateus Uribe, 20.Xuan Kintero, 10.Xames Rodriges (14.Luis Muriel, 31), 11.Xuan Kuadrado, 9.Radamel Falkao.

Ogohlantirish: X.Moxika 45


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика