Afrika Millatlari Kubogi sovrini qamoqxonada?!
10 fev 16:42
Yangiliklar
Afrika Millatlari Kubogi sovrini qamoqxonada?!
Uning yo'lidagi manzillardan biri Dakar shahrida joylashgan mamlakatdagi eng yirik va eng gavjum jazo muassasasi – Rebeyss qamoqxonasi bo'ldi.
Mahbuslar qitadagi eng nufuzli mukofotni nafaqat ko'rish, balki unga qo'l tekkizish imkoniyatiga ham ega bo'ldi. Senegal futbol federaciyasi ko'magida tashkil etilgan ushbu tashabbus keng jamoatchilik etiroziga olib keldi.

Ijtimoiy tarmoqlar Rebeyss qamoqxonasidan olingan video va suratlar bilan to'ldi: kadrlarda sovrin mahbuslarga yaqinlashtirilayotgani, ayrimlari esa panjara ortidan qo'l cho'zib, kubokka etishga urinayotgani ko'rinmoqda.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida Senegal terma jamoasi finalda Marokashni 1:0 hisobida mag'lub etgan holda Afrika Millatlari Kubogini qo'lga kiritgandi. Ushbu zafardan so'ng "Teranga sherlari"ga topshirilgan kubok mamlakat bo'ylab milliy iftixor va birdamlik ramzi sifatida turnega chiqarildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar