So’nggi yangiliklar

15:55Аёллар ўртасидаги Осиё Кубоги. Ўзбекистон Бангладешга 4 та гол урди ва плей-оффга йўл олди  0 15:27Бразилияда ҳакам 23 та (!) қизил карточка кўрсатди: Халк воқеа марказида  1 15:06Суперлига. "Навбаҳор" XXI асрда "Пахтакор"ни меҳмонда ютмаган  3 14:38Таниқли мураббий "Реал" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  8 14:14Ҳужумчини сабр билан кузатиб боради, орқа томонида бўш ҳудуд очиб қўймайди... Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини таҳлил қилинди  21 13:53"Челси" Росеньор олдига қатъий талаб қўйди  0 13:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Арал" таркибига қўшилди  0 13:13Ўзбекистон Кубоги саралашида 16 жамоа қатнашади: уларнинг орасида ҳаваскор жамоа ҳам бор  0 12:56U-17 Осиё Кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси йиғин бошлади  2 12:36"Арсенал" учун янги муаммо: Артета футболчиларининг жароҳати ҳақида гапирди  0 12:07Қотиллик учун жазо ўтаб чиққан дарвозабон яна қамоққа қайтарилади  1 11:39"Челси" футболчиси клубда қолишни хоҳлайди, аммо раҳбарият бошқача фикрда  1 11:15Икки футболчи учун 100 миллион. "Реал" ёзги трансфер ойнасидаги устувор мақсадларини белгилаб олди  7 10:34"Нефтчи" - "Андижон" учрашувига чипталар сотуви бошланди  13 09:52Дибаланинг кейинги манзили маълум  4

O'zbekiston Kubogi saralashida 16 jamoa qatnashadi: ularning orasida havaskor jamoa ham bor Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi saralashida 16 jamoa qatnashadi: ularning orasida havaskor jamoa ham bor

8 may kuni O'zbekiston Kubogining guruh bosqichi start olishi rejalashtirilgan.

Milliy jamoa 5 may sanasidan etibor yig'inga kirishishidan kelib chiqib, musobaqaning guruh bosqichida termaga jalb etilgan futbolchilar ishtirok etmaydi. O'z navbatida, Liga guruh bosqichiga qura tashlashda ishtirokchi klublarni savatlarga ajratadi. 

Superliga va Pro liganing jami 29 klubi ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi. Qolgan uch yo'llanma uchun esa 16 jamoa o'zaro kurash olib boradi. Shularning 15 tasi Birinchi liga qatnashchisi bo'lsa, FC Sonyc X havaskorlar jamoasi ham musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan. 

Joriy mavsumdan etiboran Birinchi liga qatnashchilari safiga qo'shilgan "Toshkent FA", "Samarqand FA", "Barkamol", "Havoqand", "Guliston", "Azur", "Sherdor" va ular qatorida FC Sonyc X jamoalari saralashning I bosqichida o'zaro to'rt juftlik hosil qiladi va ularning g'oliblari keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 

"Toshkent VFA", "Jizzax FA", "Navoiy FA", "Qoraqalpog'iston FA", "Ahmedov", "Lokomotiv BFK", "Oq-tepa", "Do'stlik" kabi o'tgan mavsumda ham Birinchi ligada to'p tepgan klublar o'z yurishini II bosqichdan boshlaydi. Ular qatoriga I bosqichning to'rt g'olibi qo'shiladi va natijada umumiy 12 ishtirokchi olti juftlik hosil qiladi. G'oliblar hal qiluvchi bosqichga yo'llanma oladi. 

III saralash bosqichida 6 ishtirokchi uch juftlik hosil qiladi. Mazkur bellashuvlarda zafar quchgan klublar O'zbekiston Kubogining guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. 

Saralash bosqichiga 10 mart kuni qura tashlanadi. O'yinlar 20 mart sanasidan etiboran start oladi. Barcha bellashuvlarga "Ahmedov" futbol maktabi maydoni mezbonlik qiladi.


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика