So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  0 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

JCH-2018. Rossiya irodali o'yin ko'rsatdi, ammo Xorvatiya penaltilar seriyasida g'olib bo'ldi va yarim finalga chiqdi Yangiliklar

JCH-2018. Rossiya irodali o'yin ko'rsatdi, ammo Xorvatiya penaltilar seriyasida g'olib bo'ldi va yarim finalga chiqdi

Teglar :  JCH-2018
Rossiya hamda Xorvatiya o'rtasidagi JCH-2018 1/4 final uchrashuvi yakunlandi.

Rossiya - Xorvatiya 2:2 (3:4 pen. seriyasi)

Gol: CHerishev 31, Fernandes 115 - Kramarich 39, Vida 101.

Rossiya: 1.Igor Akinfeev, 2.Mario Fernandes, 3.Ilya Kutepov, 4.Sergey Ignashevich, 13.Fyodor Kudryashov, 7.Daler Kuzyaev, 6.Denis CHerishev (Smolov 67), 11.Roman Zobnin, 17.Aleksandr Golovin, 19.Aleksandr Samedov (Eroxin 54), 22.Artyom Dzyuba (Gazinskiy 79).

Xorvatiya: 23.Daniel Subashich, 2.SHime Vrsalko (CHorluka 97), 6.Deyan Lovren,, 21.Domagoy Vida, 3.Ivan Strinich (Pivarich 74), 7.Ivan Rakitich, 10.Luka Modrich, 18.Ante Rebich, 9.Andrey Kramarich (Kovachich 88), 4.Ivan Perishich (Brozovich 63), 17.Mario Manjukich.

Ogohlantirishlar: Gazinskiy 109 - Lovren 35, Strinich 38, Vida 101, Pivarich 114.

Gollarni ko'chirib olish: TELEGRAM


Russia

Denis Cheryshev - 31', Mario Fernandes - 115', Alan Dzagoev - 121', Sergei Ignashevich - 121', Daler Kuzyaev - 121'

World Cup Quarter Finals . 1/4-tur

07/07/2018, 23:00

6
:
5
Tugadi

Croatia

Andrej Kramaric - 39', Domagoj Vida - 101', Marcelo Brozovic - 121', Luka Modric - 121', Domagoj Vida - 121', Ivan Rakitic - 121'

Stadion: Fisht Stadium, 44287 tomoshabin

Bosh hakam: Sandro Ricci

45'
90'
120'
31'  Denis Cheryshev
31'  Artem Dzyuba
54'  Aleksandr Samedov (Aleksandr Yerokhin)
67'  Denis Cheryshev (Fedor Smolov)
79'  Artem Dzyuba (Yuri Gazinskiy)
102'  Aleksandr Golovin (Alan Dzagoev)
109'  Yuri Gazinskiy
115'  Mario Fernandes
115'  Alan Dzagoev
35'  Dejan Lovren
38'  Ivan Strinic
39'  Andrej Kramaric
39'  Mario Mandzukic
63'  Ivan Perisic (Marcelo Brozovic)
74'  Ivan Strinic (Josip Pivaric)
88'  Andrej Kramaric (Mateo Kovacic)
97'  Sime Vrsaljko (Vedran Corluka)
101'  Domagoj Vida
101'  Luka Modric
101'  Domagoj Vida
114'  Josip Pivaric



XORVATIYA YARIM FINALDA!

10. Rakitich - GOL! 3:4

9. Kuzyaev - GOL! 3:3

8. Vida - GOL! 2:3

7. Ignashevich - GOL! 2:2

6. Modrich - GOL! 1:2

5. Fernandes - xato zarba! 1:1

4. Kovachich - Akinfeevdan seyv! 1:1

3. Dzagoev - GOL! 1:1

2. Brozovich - GOL! 0:1

1. Smolov - Subashichdan seyv! 0:0

PENALTILAR SERIYASI!

----------------------------------------------------------------------------------------

122. BAHS YAKUNLANDI! Navbat penaltilar seriyasiga! 

119. ZOBNIN! Roman jarima maydonchasi tashqarisidan to'pni darvoza tomon yo'lladi, Subashich to'pni egallab oldi.

115. GOOOOLLLLL! Fernandes! Dzagoevning uzatmasidan so'ng Fernandes bosh bilan to'pni darvozaga to'g'irladi va hisob yana tenglashdi.

114. Sariq kartochka. Pivarich jarima maydonchasi chizig'i ustida to'pni qo'li bilan o'ynadi.

112. SUBASHICH! Burchak zarbasidan qaytarilgan to'pni Kuzyaev darvoza tomon yo'lladi, uni ushlab oldi

109. Sariq kartochka. Gazinskiy maydon markazida qarshi hujumga o'tayotgan Manjukichni yiqitdi.

108. Luka Modrichda kuch tugaydimi? U hozir ham katta tezlikda yugurishda davom etmoqda.

106. Hakam xushtagi bilan ikkinchi ekstra taymga start berildi.

Birinchi ekstra taym yakunlandi

105. Rossiya katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. Ammo havodan uzatilgan to'plarga zarba beradigan futbolchi etishmayapti.

101. GOOOOLLL! DOMAGOY VIDA! Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Vida bosh bilan zarba berdi, pastlab uchgan to'p hech kimga tegmadi va Akinfeevni chalg'itdi. To'p darvozaga kirib ketdi. 1:2

97. O'zgarish. Vrsalko o'rniga CHorluka o'yinga qo'shildi.

94. Endi Vrsalko maydonga yotib oldi. SHimeda jarohat borga o'xshaydi.

91. Ekstra taym boshlandi.

ASOSIY VAQT YAKUNLANDI! Navbat ekstra taymlarga.

90+4. SMOLOV! Fyodor Smolov o'ng qanotda o'tkir burchakda turishiga qaramasdan, Subashich darvozasini nishonga olishga urindi, Daniel to'pni urib yubordi.

90+1. Darvozabon o'rnidan turdi. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Kutilmagagn holat! Subashich to'pni to'xtatayotganda jarohat oldi, aksiga olib xorvatiyaliklarda futbolchi almashtirish imkoniyati qolmadi.

88. O'zgarish. Kramarich o'rniga Mateo Kovachich o'yinga qo'shildi.

84. Xorvatiya darvozasining chap tomonidan standart amalga oshirildi, biroq Lovren ikkinchi qavatdagi kurashda hammadan ustun keldi va to'pni qaytardi.

79. O'zgarish. Dzyuba o'rniga Yuriy Gazinskiy maydonga tushdi.

78. Xorvatiyaning qarshi hujumini himoyachilar bir amallab bartaraf etishdi, burchak zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

74. O'zgarish. Pivarich Strinich o'rnini egalladi.

72. Rossiya terma jamoasining hujumi Eroxin zarbasi bilan yakunlandi. Uning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

67. O'zgarish. CHerishev o'rniga Fyodor Smolov o'yinga qo'shildi.

63. O'zgarish. Ivan Perishich o'rniga Marselo Brozovich maydonga tushdi.

62. Manjukich jarohat oldi.

60. PERISHICH! Strinich to'pni o'z qanotidan jarima maydonchasiga havolatib tashladi, Kramarich to'pni boshi bilan jamoadoshiga tashlashga urindi, ruslarning tartibsiz harakati tufayli to'p Perishichga tushdi va uning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

58. Rossiya terma jamoasi muxlislari tinimsiz sevimlilarini qo'llab-quvvatlashmoqda.

52. Kramarich! Vrsalko o'z qanotidan (o'ng) to'pni jarima maydonchasiga tashladi, Kramarich unga qaychi uslubida zarba berdi. Zarba kuchsizligi tufayli Akinfeev uni osonlik bilan egallab oldi.

49. Kramarich jarima maydonchasi burchagida to'pni qabul qildi va raqiblarini aldashga kirishib ketdi. Uning ortiqcha harakatlari to'pni oldirish bilan yakunlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tarkiblarda o'zgarish ro'y bergani yo'q.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

39. KRAMARICH! GOOOOOOOOLLLL! Perishichning uzatmasidan so'ng Manjukich jarima maydonchasiga kirdi va chap oyog'i bilan to'pni Kramarich boshiga to'g'irlab berdi, Andrey esa o'z vazifasini alo darajada uddaladi. Hisob tenglashdi.

38. Sariq kartochka! Strinich ham qarshi hujumni buzish uchun qoidani buzdi.

35. Sariq kartochka! Lovren qarshi hujumga o'tayotgan Dzyubani to'xtatdi.

31. CHERISHEEEEVVV!!!! GOOOOOOLLLLL!!! Denis CHerishev super zarbasi bilan hisobni ochdi! Dzyubadan to'pni qabul qilgan CHerishev, uni chap oyog'iga to'g'irlab, darvozaga zarba berdi. To'p Subashich qo'riqlayotgan darvozaning yuqori burchagiga yo'l oldi va hisob ochildi.


Stadionga plastik suv idish bilan kirish mumkin emas, ammo mana bu uddaburon qiz buning yo'lini topdi.

26. To'pga egalik qilish bo'yicha Xorvatiya ustun: 36% - 64%

18. Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 3ta o'yinda 2ta durang qayd etilgan. Bir marta Xorvatiya terma jamoasi 2015 yilning 17 noyabrida 3:1 hisobida g'alabaga erishgan.

Tepadagi suratda Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich, FIFA rahbari Janni Infantino va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev. Xorvatiya terma jamoasining avvalgi bahsdi Grabar-Kitarovich rahbarlar tribunasiga kiritilmagan edi. U rasmiy kiyimda bo'lmagani tufayli o'yinni boshqa muxlislar bilan tomosha qildi.

11. Vrsalko o'ng qanotdan erlatib to'pni jarima maydonchasiga tashladi, Manjukich qiynlabi to'pga zarba berdi, ammo noaniq.

10. Uchrashuvning ilk 10 daqiqaligida to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik xorvatlar tomonida.

6. Rebich! Ante Rebich to'p uchun kurashda raqibidan ustun keldi va jarima maydonchasiga erlatib to'pni uzatdi. Akinfeev xavfli hujumning oldini oldi va to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchakdan uzatilgan to'p xorvatiyaliklarning zarbasi bilan yakunlandi. Noaniq!

5. Golovin to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi, himoyachi xavfni bartaraf etishga urindi, ammo to'p Dzyubaga tushdi va Artyom darvoza tomon zarba berdi. Himoyachiga tekkan to'p maydonni tark etdi. Burchak zarbasi esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

2. Dzyuba ochilib borayotgan CHerishevga to'pni uzatdi, Denis esa o'ng oyoqda zarba berishga qiynaldi va to'pni yo'qotdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!



- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. JCH-2018 mezboni Rossiya bugun mundial 1/4 finalida Xorvatiyaga qarshi o'ynaydi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика