So’nggi yangiliklar

21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  1 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  5 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5

JCH-2018. Amaldagi chempion Germaniya mundialni mag'lubiyat bilan boshladi Yangiliklar

JCH-2018. Amaldagi chempion Germaniya mundialni mag'lubiyat bilan boshladi

Jahon chempionatining navbatdagi o'yinida Germaniya Meksika terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.


Germaniya – Meksika 0:1

17 iyun, 20.00, «Lujniki»

Gol
: 0:1 – 35 Losano.

Germaniya – Noyer, Boateng, Plattenxardt (Gomes, 79), Kimmix, Xummels, Xedira (Roys, 60), Kroos, Ozil, Draksler, Verner (Brandt, 86), Myuller.

Meksika –Ochoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (Alvares, 58), Guardado (Markes, 74), Losano (Ximenes, 66), Ernandes.

Ogohlantirishlar: Moreno (40), Myuller (83), Xummels (84), Errera (90).

Germany

World Cup Grp. F . 1-tur

17/06/2018, 20:00

1
:
0
Tugadi

Mexico

Hirving Lozano - 35'

Stadion: Luzhniki, 78011 tomoshabin

Bosh hakam: Alireza Faghani

45'
90'
60'  Sami Khedira (Marco Reus)
79'  Marvin Plattenhardt (Mario Gomez)
83'  Thomas Mueller
84'  Mats Hummels
86'  Timo Werner (Julian Brandt)
35'  Hirving Lozano
35'  Javier Hernandez
40'  Hector Moreno
58'  Carlos Vela (Edson Alvarez)
66'  Hirving Lozano (Raul Jimenez)
74'  Andres Guardado (Rafael Marquez)
90'  Hector Herrera



MATNLI TRANSLYACIYA


90+3. O'YIN YAKUNLANDI! Germaniya ilk o'yindayoq mag'lubiyatga uchradi!


90+2. Noyer ham oldinga etib kelgan. 


90. Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun uch daqiqa vaqt qo'shib berildi. 


90. Errera ogohlantirildi.


88. Branddddttt... Biroz noaniq. 


87. Gomes Kimmixning havodan etkazib bergan to'piga boshi bilan zarba bergandi. Ammo, uning zarbasi noaniq bo'ldi. 


86. Germaniyaliklarda ham so'nggi o'zgarish. Verner o'rniga Brandt maydonga tushdi.


84. Mats Xummels ham ogohlantirildi. 


(Yoaxim Lyov jamoasining omadi kelmayapti)


83. Tomas Myullerga sariq kartochka ko'rsatildi. 


80. Plattenxardt o'rniga Mario Gomes maydonga tushdi. Foyda berarmikin?


78. Layyun oldinga o'tgandi. Sal qolganida u jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilishi mumkin edi. Biroq, tajribali raqib himoyachilari bunga imkon berishmadi.


75. Krosss... Yana bir xavfli zarba. Biroooz noaniq!


72. Guardado o'rniga 39 yoshli Rafael Markes maydonga tushirildi. Tajribali futbolchi. 


70. O'yin maydonning asosan bir qismida, aniqroq qilib aytadigan bo'lsa Meksika terma jamoasi darvozasi joylashgan qismda kechmoqda. Germaniyaliklar to'liq ustunlikka egalar. 


68. O'yindan suratlarni saytimizning FOTOGALEREYA bo'limida tomosha qilishingiz mumkin. 

(Meksikalik muxlisa)

67. Uchrashuvni "Lujniki"da 78 011 tomoshabin kuzatib bormoqda. 


66. O'yindagi yagona gol muallifi Lozano maydonni tark etdi. Uning o'rniga bahsni Raul Ximenes davom ettiradi. 


65. Uxxxx... Kimmixning chalqancha uslubda bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Ammo, lekin, biroq...


60. Germaniya tarkibida Sami Xedira o'rniga Mark Roys o'yinni davom ettiradi.


58. Meksikaliklar safida ilk o'zgarish. Vela o'rniga Edson Alvares o'yinni davom ettiradi.


57. Exxxx... Meksika terma jamoasi futbolchilari qarshi hujum uyushtirishgandi. Ikkiga ikki vaziyatda CHicharitoga biroz omad etishmadi. Aks holda ikkinchi golni ko'rishimiz mumkin edi. 


56. Germaniyaliklar nima uchundir o'zlariga o'xshashmayapti. Umuman olganda o'yin yomon emas, ammo, ularni samarali yakunlash borasida muammolarga duch kelishmoqda nemislar...


54. Kimmixning 20 metrlardan bergan zarbasi raqibga sovg'a bo'ldi xolos.


51. Germaniyaliklar raqib jarima maydoni ichida ham pressing qo'llashga harakat qilishmoqda. 


48. O'yinni eronlik Alirizo Fag'oni boshqarib bormoqda. Osiyolik hakam. Siz-u biz esa boshqa bir osiyolik hakam haqidagi yangilikni kutyapmiz.


47. Plattenxardtning zarbasi samarasiz yakunlandi.


46. Ikkinchi taym boshlandi.


Germaniya mag'lub bo'lsa sensaciya bo'ladimi? Menimcha yo'q. Meksikaliklarning bunday o'yin orqali g'alaba qozonishi menimcha sensaciya hisoblanmaydi. Siz nima deb o'ylaysiz?


Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda. 


TANAFFUS!


45+1. Birinchi bo'lim yakuniga etdi. 


45. Hakam to'xtalishlar uchun 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


43. Saytimizning telegramdagi kanalida uchrashuvdagi barcha gollarni ko'rish mumkin: KANALGA O'TISH


41. Meksika terma jamoasi yana oldinga bormoqda. 


40. Ektor Moreno ogohlantirildi. 


37. Ana sizga o'yin. Germaniyaliklar jonlanishdi. 

(Meksikaliklar golni nishonlashmoqda)


35. GOOOOLLLL!!! Meksika hisobni ochdi! LOZANOning ajoyib harakatlari evaziga gol kiritildi. Futbolchi jarima maydonchasi ichida raqib himoyachisini aldab Noyerning yaqin burchagini nishonga oldi!


30. Germaniya o'tgan 7ta JCHni g'alaba bilan boshlagan ekan. Hozircha ular raqib darvozasi tomon yo'l topa olganlari yo'q. Ko'ramiz, hali gol uchun ularda 60 daqiqa vaqt bor. 


26. Meksikalik futbolchining navbatdagi tepgan to'pi nemis posbonining qo'liga borib tushdi. O'yin tempi biroz pasaygendek bo'ldi. Ammo, biz hali haqiqiy Germaniyani ko'rganimiz yo'q. 


21. Krooooos! Uning kutilmaganda bergan zarbasini Ochoa ushlab oldi. Qoyil!


(Media tribuna)

15. Uxxxx... Sal qolishiga sal qoldi. Meksikalik futbolchi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga oz qoldi. 


12. Kimmix o'ng qanotdan meksikaliklar darvozasi tomon tahdid solgandi. Biroq, Ochoa o'z o'rnida!

(Germaniyalik muxlislar o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlashmoqda)

11. Meksikaliklar bo'sh kelayotganlari yo'q. Ektor Erreraning bergan zarbasini Noyer ushlab oldi. 


8. Layyunning Noyer darvozasi tomon jarimadan bergan zarbasi noaniq bo'ldi. 


3. Endi germaniyaliklar oldinga o'tishdi. Vernerning zarbasi biroz noaniq bo'ldi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi. Qanday o'yin-a?!


2. Xavfli vaziyattt!!! Meksikaliklar ilk daqiqalardanoq raqib darvozasi oldida ikkita vaziyat yuzaga keltirishdi. O'yin shiddatli boshlandi!


1. O'yin boshlandi! Bahsni Meksika terma jamoasi azolari boshlab berishdi! Kuzatamiz!


Championat.asia sayti vakillari ayni paytda "Lujniki" stadionida o'yinni kuzatib bormoqdalar. Bu erdagi atmosferani tariflab berishga til ojiz!



Har ikki mamlakat davlat madhiyalari yangramoqda.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. "F" guruhida amaldagi jahon chempionlari Germaniya terma jamoasining meksikalik futbolchilarga qarshi o'yini boshlanmoqda. 

Jamoalar uyinni quyidagi tarkibda boshlashadi:

Germaniya – Noyer, Boateng, Plattenxardt, Kimmix, Xummels, Xedira, Kroos, Ozil, Draksler, Verner, Myuller.

Meksika – Ochoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela, Guardado, Losano, Ernandes.



Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика